Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 19-fevral, juma kuni bo‘lib o‘tadigan G7 mamlakatlari rahbarlarining virtual sammitida hukumatlarni paydo bo‘layotgan kasalliklarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarishni jadallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Bosh vazir bugun yangi vaksinalarni ishlab chiqarish vaqtini uchdan ikki qismga, ya’ni yuz kungacha qisqartirish bo‘yicha o‘z rejasini e’lon qiladi”, — deyiladi Britaniya hukumatining veb-saytida chop etilgan press-relizda.

“Taxminan, 300 kun ichida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish — bu ulkan va misli ko‘rilmagan global yutuq. Yangi paydo bo‘layotgan kasalliklar uchun yangi vaksinalar ishlab chiqarish vaqtini yanada qisqartirish orqali biz hozirgi inqirozning salomatlik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga bo‘lgan ta’sirining oldini olamiz”, — deyiladi hujjatda.

Dauning-stritning xabar berishicha, bosh vazir Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy maslahatchisi Patrik Vallansdan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha innovatsiyalar koalitsiyasi (CEPI), shuningdek, sanoat va ilmiy ekspertlar bilan birgalikda keng tarqalgan patogenlar uchun vaksinalar, davolash usullari va testlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya kelajakda ishlab chiqariladigan vaksinalarning katta qismini COVAX orqali yetkazib beradi. Bu daromad darajasidan qat’i nazar, barcha mamlakatlar uchun COVID-19 koronavirus vaksinalariga teng ravishda ega bo‘lish imkonini beradi.

Buyuk Britaniyaning sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok bosh vazirning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

“Bosh vazir to‘g‘ri aytmoqda. Biz yangi vaksinalarni ishlab chiqarish vaqtini uchdan ikki qismga, ya’ni 100 kungacha qisqartirishga harakat qilishimiz kerak”, — deb yozgan Henkok o‘z Twitter’ida.

Bundan avval Boris Jonson Shimoliy Irlandiya uchun vaksinalarni eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni Yevropa komissiyasi rahbari bilan muhokama qilgani hamda Britaniya hukumati o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan fuqarolarga pul to‘lashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi