• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Toshkentda YPX inspektorlariga jami 500 dollar pora taklif qilgan uch haydovchi ushlandi

    Toshkentda 6 kun davomida 3 marta YPX xodimiga pora taklif qilish holati aniqlandi, deya xabar qilmoqda Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, 2021-yilning 4-fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Sh.Hikmatov Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasida olib borgan xizmati davomida Lacetti rusumli avtomobilni to‘xtatib, tegishli me’yoriy hujjatlarini tekshirish vaqtida haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan S.M.dan spirtli ichimlik hidi kelganligi bois mastlik holatida gumonlangan va haydovchini tibbiy ko‘rikdan o‘tishga taklif qilgan.

    Haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganligi bois unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 136-moddasi (transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi) tartibida xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Shundan so‘ng fuqaro rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani bekor qilishni so‘rab, YPX xodimiga 200 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. YPX xodimi mazkur holat yuzasidan shahar IIBB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, fuqaro S.M.ga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilishini so‘ragan.

    Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.M. 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida YPX xodimiga bergan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

    Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Bojxonachiga 9400 dollar taklif qilgan shaxs ushlandi

    Shuningdek, 2021-yilning 5-fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori D.Hikmatillayev Bektemir tumani Husayn Boyqaro—Ohangaron ko‘chalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, tungi soat 00:30 larda Captiva rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

    Tekshirish davomida mazkur avtomobilning yon old va orqa oynalari tusi ruxsatsiz o‘zgartirilib, qora plyonka yopishtirilganligi aniqlangan. Haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Shundan so‘ng avtomobil haydovchisi F.Sh.ning Suxrob ismli tanishi kelib, mazkur holat yuzasidan to‘ldirilgan ma’muriy bayonnomani bekor qilish va transport vositasini jarima maydonidan olib chiqish evaziga 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

    YPX xodimi mazkur holat yuzasidan shahar IIBB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilishini so‘ragan.

    Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Suxrob ismli fuqaro YPX xodimiga 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora sifatida bergan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bektemir tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Andijon viloyat IIBning katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar pora bilan ushlandi

    Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida YPX xodimiga pora berish holatining navbatdagisi 2021-yilning 9-fevral kuni yana takrorlandi.

    Toshkent shahar IIBB YHXB YPX katta inspektori U.Ishanxo‘jayev 2021-yilning 8-fevral kuni Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida soat 21:00 larda Mercedes-Benz rusumli transport vositasini to‘xtatib tekshirganda, avtomobilning yon old va orqa oynalari tusi o‘zgartirilib, qora plyonka yopishtirilganligi va maxsus ruxsatnomasining qalbaki ekanligi aniqlangan.

    Haydovchi S.G‘. avtomobilni jarima maydonchasiga joylashtirmaslik evaziga YPX xodimiga 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.

    YPX xodimining belgilangan tartibdagi bildirgisi asosida sohaviy xizmat vakillari va xolislar ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro S.G‘. 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni YPX xodimiga bergan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bundan avval Toshkent viloyatida mashinasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘rab, YPX xodimiga 1,5 million so‘m pora taklif qilgan haydovchi ushlangani hamda Gulistonda jarima maydonchasidan mashinasini chiqarib berishini so‘rab, YHXB xodimiga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

    17.02.2021, 00:27   Izoh (0)   12272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda avtobus kanalga qulashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

    16.02.2021, 22:25

    Mercedes-Benz o‘zining 50 millioninchi avtomobilini ishlab chiqarganini nishonladi

    16.02.2021, 21:59

    Andijonda Nexia haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

    16.02.2021, 21:23

    Video: Qorda yurak rasmini “chizayotgan” 1500 ot kuchiga ega Koenigsegg Regera

    16.02.2021, 14:58

    Olimlar nima sababdan YTHlar oqibatida ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq jabrlanishini aniqladi

    16.02.2021, 13:33

    Foto: Range Rover yo‘ltanlamaslarining ulkan qabristoni

    16.02.2021, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.