Britaniyalik suratkash Emi Shor mamlakatdagi Land Rover yo‘ltanlamaslari qabristonini topib oldi. U yerda asosan “umrini yashab bo‘lgan” birinchi avlod Range Rover’lari joylashgan, biroq ular orasida ikkinchi avlodga tegishli nusxalar, shuningdek, klassik Land Rover Defender’larni ham uchratish mumkin, deb xabar beradi Motor.
E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, Range Rover yo‘ltanlamaslar anchadan buyon bu yerda turgan: zamburug‘lar hatto korpuslarni ham qoplagan, kuzovlarni esa butunlay zang bosgan. Ayrim mashinalarning ehtiyot qismlari olib tashlangan: detallar shundoq yerda yotibdi, eshiklari buzilgan va oynalari yo‘q.
Qalin chang qatlami bilan qoplangan va singan Range Rover’lar fonida Defender o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan: yo‘ltanlamasning tashqi tomoniga hech qanday shikast yetmagan, g‘ildiraklari ham soz holatda. Emi Shor ushbu noodatiy fotosessiyaga hech qanday izoh bermagan, shu sababli avtomobil qabristoni qayerda joylashganini aniqlashning imkoni yo‘q.
Avvalroq amerikalik suratkash Brayant Nil Nyu-Yorkda tashlandiq maktabni topib olgani va binoda qalin chang qatlamlari ostida o‘nlab noyob avtomobillar saqlanayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishgandi.
Izoh (0)