So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Toshkentda quriladigan “Istiqlol” majmuasi loyihasidagi stelaning joylashuv o‘rni maketi taqdim etildi

    17.02.2021, 15:47 18182

    Toshkent shahar hokimligi 13-fevral kuni “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi xiyobonda “Istiqlol” majmuasida o‘rnatiladigan stelaning joylashuv o‘rni maketini olib keldi. Hokimlik matbuot xizmatining yozishicha, jamoatchilik vakillari xiyobonga kelib, maket bilan tanishishi mumkin.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Istiqlol” majmuasini qurish va unda “mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya”ni yaratish Prezidentning 2020-yil 17-dekabrdagi farmonida ko‘zda tutilgan edi. Majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan.

    11-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev banklar 2021-yilda amalga oshirishni rejalashtirgan yirik investitsiya loyihalarining taqdimoti bilan tanishgan, “Gazeta.uz” ular orasida taqdimotga ko‘ra, “SUM” qarshisida joylashgan majmua loyihasi borligiga e’tibor qaratgandi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Bu xalq orasida keng muhokamaga va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Yangiliklar ostidagi izohlarda foydalanuvchilar poytaxtdagi kam sonli yashil hududlardan biriga teginmaslikni, bu yerga shaharning turli burchaklardan odamlar dam olish uchun kelishini ta’kidlagan. Shundan so‘ng Toshkent shahri aholisi “SUM” qarshisidagi bog‘ni himoya qilish uchun imzo yig‘ishni boshladi. 10-fevral kuni Toshkentdagi “SUM” qarshisidagi bog‘ himoyasi yo‘lida to‘plangan imzolarning birinchi qismi Prezident Xalq qabulxonasiga topshirildi.

    Poytaxt hokimligi Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta’sir qilmagan holda barpo etilishi, barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilishi va muhofazaga olinishini ma’lum qildi.

    13-fevral kuni bu masala yuzasidan jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Istiqlol” majmuasi mustaqillikning ramzini aks ettiruvchi stela barpo etilishini ko‘zda tutishi, boshqa hech qanday qurilish inshootlari bo‘lmasligini, bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, o‘sha kuniyoq lavozimimdan ketishini aytdi.

    Shuningdek, “Istiqlol” majmuasida o‘rnatiladigan stelaning joylashuv o‘rni maketi taqdim etilishi bildirilgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Bog‘ himoyasi uchun 9 mingta ovoz to‘planibdi, monument uchun 90 mingta ovoz yig‘amiz” — mahalla raisi “SUM” qarshisida mustaqillik stelasi qurilishini qo‘llab-quvvatladi
    • “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda hukm surayotgan osuda muhit — suratlarda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida davlatga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Bugun, 12:37

    Zanjabil chindan ham foydalimi?

    Bugun, 12:30

    Qoraqalpog‘istonda 1,2 ming dona qalbaki “Qaratau”ni Samarqandga olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

    Bugun, 12:28

    Toshkentda sobiq hisobchi tadbirkorning 220 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgani aniqlandi

    Bugun, 12:22

    Andijondagi tergov hibsxonasida ayol kaltaklangani haqidagi xabar ombudsman tomonidan o‘rganildi

    Bugun, 12:17

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.