• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vaziri O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

    Adliya vaziri ishtirokida 15-fevral, dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar va ko‘cha yurishlarini tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1988-yildagi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarga nisbatan munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu hujjat bizda amal qilmaydi. Chunki u yerda [prezidium farmonida] yozilgan organlar, munosabatlar tizimi bugungi kunda mavjud emas. Lekin bizning qonunchilikka asosan, ya’ni 1991-yildagi hujjatda O‘zbekiston qonunchiligiga zid kelmagan qismi bo‘yicha SSSR hujjatlari amal qilishi qayd etilgan. Ammo u yerda yozilgan me’yorlar hozirgi, amaldagi qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Chunki bugungi kunda ‘raykom’ yo‘q-ku. Hokimiyatni ‘raispolkom’ning huquqiy vorisi, deb qaray olmaysiz. Bu umuman boshqa-boshqa organ. Shuning uchun u [prezidium farmoni] amalda emas”, — dedi Davletov.

    Uning ta’kidlashicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Majlislar, yig‘ilishlar va namoyishlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

    “Biz loyihani ko‘rganmiz, ammo uni qaytarib yuborganmiz. Adliya vazirligi nuqtayi nazardan huquqiy ekspertizada katta masalalar bo‘lgani uchun qaytarib yuborganmiz. Bu ikki-uch marta qayta ishlandi, lekin oxirgi variantini biz ko‘rmadik hali. Ammo bu qonun, albatta, kerak, loyiha bekorga ishlab chiqilmadi. U davlat dasturlari, ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan.

    Ta’kidlash kerakki, bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik bor. Lekin tartibi bizda xalqaro protsessual tartibga solingan. Ommaviy tadbir sifatida qarorlar belgilangan, ammo hamma miting ham ommaviy tadbirga tushmaydi. Shuning uchun bu bo‘yicha qonuniy nuqtayi nazardan biz ishlashimiz kerak bo‘lgan masalalar mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Men bir narsani tushuntirmoqchiman: Adliya vazirligi hamma sohadagi qonunchilikni yaratadigan tashkilot emas, biz huquqiy siyosat jihatdan yuritamiz. Lekin hamma sohadagi vazirliklar o‘zining davlat siyosatini yuritadi. Masalan, sog‘liqni saqlash sohasida siyosatni yuritadigan tashkilot uning o‘zi, huquqiy nuqtayi nazardan ham hujjatni o‘zi ishlab chiqadi, siyosatining tagidagi hujjatni o‘zi ishlab chiqishi kerak. Biz umummilliy manfaatlar, umumdavlat va umummajburiy nuqtayi nazardan ko‘rib, o‘rtada turib, uning jilovini ushlab turadigan tashkilotmiz. Lekin sohaviy siyosatni vazirliklarning o‘zi yuritishi kerak”, — dedi u.

    Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokama uchun qo‘yilgan “Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan bayonot bilan chiqqan edi. Unda IIV matbuot xizmati amaldagi qonunchilikda yig‘ilish, miting va namoyishlar tushunchalari, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligini ta’kidlab o‘tgandi.

    “Mazkur huquqiy bo‘shliq hanuzgacha, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermasdan kelmoqda”, — deyilgan edi bayonotda.

    Mavzuga doir:

    • “Jamiyatimizda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik oshdi, nafrat o‘sdi” – Ruslanbek Davletov
    • “Yangi yil bo‘lsa, Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch keladi” – Adliya vaziri jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi milliy an’analar haqida
    • O‘zbekistonda mitinglar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati Belarusdagi voqealardan so‘ng vujudga kelgani haqidagi fikrlar rad etildi
    • Adliya vazirligi IIV tomonidan tayorlangan mitinglar va namoyishlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha xulosalarini bildirdi

    15.02.2021, 19:46   Izoh (0)   12083
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Namangan—Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 16-fevraldan yo‘lga qo‘yiladi

    15.02.2021, 19:22

    Nukusda eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi

    15.02.2021, 19:12

    Toshkentni “ikkiga bo‘lib olmoqchi bo‘lgan” jinoiy guruhdan tortib olingan qurollar e’lon qilindi

    15.02.2021, 18:23

    Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi unga nisbatan bosim o‘tkazilganini aytgandi. Qo‘mita uning da’volari hujjatli asosga ega emasligini ma’lum qildi

    15.02.2021, 18:11

    “Jamiyatimizda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik oshdi, nafrat o‘sdi” – Ruslanbek Davletov

    15.02.2021, 17:09

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    15.02.2021, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.