• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi IIV tomonidan tayorlangan mitinglar va namoyishlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha xulosalarini bildirdi

    Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayorlangan “Fuqarolarning mitinglari, yig‘ilishlari va namoyishlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha o‘z xulosalarini berdi.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Unda loyiha bo‘yicha bir qator takliflar va e’tirozlar ‘rin olgan. Xususan:

    “Ko‘cha yurishlari” tushunchasiga aniqlik kiritish talabi qo‘yildi

    Loyihaning 1-moddasida qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy faolligini mitinglari, yig‘ilishlari va namoyishlar shaklida amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat deb ko‘rsatilgan. Ko‘pgina rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligida yig‘ilishlar shakli sifatida piket va ko‘cha yurishlari ham nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 217-moddasida yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik o‘rnatilgan. Biroq amaldagi qonunchilikda “ko‘cha yurishlari” tushunchasi belgilanmagan. Shunga ko‘ra, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida loyihani “piket” va “ko‘cha yurishlari” tushunchalari bilan to‘ldirish va ushbu qo‘shimchalar munosabati bilan loyihani qayta ko‘rib chiqish lozim.

    To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilinishini ta’minlash kerak

    2-moddaning uchinchi qismida siyosiy partiyalar, jamoat va diniy birlashmalar tomonidan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanishi ko‘rsatilgan. Prezidentning 2018-yil 8-avgustdagi farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Shunga ko‘ra, yig‘ilishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini ushbu loyihada aks ettirish lozim.

    “Davlat organlarini obro‘sizlantirish” so‘zlarini loyihadan chiqarib tashlash lozim

    Vazirlik hulosasiga ko‘ra, ushbu so‘zlar loyihadan quyidagi asoslarga ko‘ra chiqarib tashlanishi lozim:yig‘ilishlarning asosiy maqsadlaridan biri jamoatchilik va davlat organlarining e’tiborini davlat organlarining o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligiga qaratishdir;davlat organlariga nisbatan norozilikni ifodalash bilan bog‘liq har qanday harakatni cheklash yig‘ilishlar erkinligi huquqini rad etishga olib kelishi mumkin.

    Ko‘rsatilgan so‘zlar loyihadan chiqarib tashlanmagan holda qonunning qabul qilinishi ma’nosiz bo‘ladi, chunki bunda qonun nomigagina qabul qilingan bo‘lib qoladi.

    Yig‘ilish o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish muddatini qisqartirish lozim

    Loyihada ko‘rsatilishicha yig‘ilish tashkilotchisi yig‘ilish o‘tkazilishidan 30 kun oldin yig‘ilish o‘tkazilishiga ruxsat so‘rab mahalliy ijro etuvchi organga ariza taqdim etadi.

    Vazirlik ushbu muddat qisqartirilishi lozim deb hisoblaydi. Chunki bu qadar uzoq muddat kutilganda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilish o‘z dolzarbligini yo‘qotadi. Taqqoslash uchun bu muddat Germaniyada 10 kun, Rossiyada 3 kundan 10 kungachani, Qozog‘istonda 10 kunni tashkil etadi.

    Fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanishiga amal qilish kerak

    Loyihadan yig‘ilish o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan baho berilishiga oid normani chiqarib tashlash lozim, chunki bu holat fuqarolarning Konstitutsiyaning 33-moddasida belgilangan huquqlarini cheklashi mumkin deb hisoblaydi vazirlik.

    Shuningdek, vazirlik tomonidan xorijiy davlatlarning yig‘ilishlar o‘tkazishga oid qonunchiligi o‘rganilganda mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan yig‘ilishlar o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligiga baho berilishiga oid norma aniqlanmaganligi ma’lum qilindi.

    Yig‘ilishlar o‘tkazish faqat aniq belgilab qo‘yilgan sabablar bo‘lganda taqiqlanishi mumkin

    Loyiha 9-moddasining uchinchi qismidan “bir yoki bir necha manfaatdor organlar va idoralardan kelib tushgan boshqa asosli sabablarga ko‘ra” so‘zlarini chiqarib tashlash lozim, chunki 4-moddaning ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqqan holda konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish, milliy irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish, zo‘ravonlik va urushni targ‘ib qilish maqsadida yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlanadi. Yig‘ilishlar o‘tkazishni faqat yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra taqiqlash kerak.

    Yig‘ilishlar o‘tkazish joyi uchun cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish kerak

    Loyihaning 10-moddasini qayta ko‘rib chiqish lozim, chunki ushbu modda mazmuni zamonaviy voqelik va xorijiy tajribaga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, xorijiy mamlakatlarda yig‘ilishlar agar bino va inshootlarning qulab tushishiga olib kelmasa yoki ushbu ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligiga tahdid tug‘dirmasa, har qanday qulay joyda o‘tkazilishi mumkin (AQSh, Belgiya, Rossiya va boshqa.).Ba’zi xorijiy mamlakаtlarda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joy uchun cheklovlar mavjud. Masalan, temir yo‘l, suv va havo transporti yaqinidagi hududlar, xavfli va zararli ishlab chiqarish obyektlari, elektrostansiyalar, sog‘liqni saqlash obyektlari, ta’lim muassasalari, davlatning mudofaa va xavfsizligini ta’minlovchi tashkilotlar yaqinida tadbir o‘tkazish mumkin emas.

    Bundan tashqari loyihaning ushbu moddasida ko‘rsatilgan ob’ektlardan 500 metr masofada yig‘ilishlar o‘tkazish shaharlar va tumanlar urbanizatsiyasining hozirgi tempida yetarlicha murakkab hisoblanadi.

    Yig‘ilishlar o‘tkazish vaqtini qayta ko‘rib chiqish kerak

    Loyiha 11-moddasini qayta ko‘rib chiqish lozim, chunki ushbu moddada ko‘rsatilgan vaqt ushbu vaqtda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ishlovchi va o‘qiydigan fuqarolar ishtirokini qiyinlashtirib, jamiyatda norozichilik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari ish kuni bo‘lmagan va bayram kunlarida yig‘ilishlar o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutish lozim.

    14.08.2019, 22:00   Izoh (0)   24967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev islohotlar natijadorligini ta’minlashda asosiy omil nima ekanligi haqida gapirdi

    14.08.2019, 21:46

    Prezident topshirig‘i: O‘zbekistonda yil oxirigacha 111 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilishi zarur

    14.08.2019, 21:28

    Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

    14.08.2019, 21:12

    Foto: Soatlarini to‘g‘rilayotgan Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev

    14.08.2019, 20:59

    Bloger post ostidagi sharhlarni o‘chirishga majburmi? Qonunchilikda nima deyilgan?

    14.08.2019, 20:48

    Abituriyentlar talaba bo‘lganligini hozirdan bilishi mumkinmi?

    14.08.2019, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.