Janubiy Koreyaning “Seul” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev ota bo‘ldi.
Aliboyev 13-fevral kuni qiz farzandlik bo‘ldi. Bu haqda futbolchi o‘z Twitter’i orqali ma’lum qildi.
“Alhamdulilloh, men ham bugundan katta odam bo‘ldim. Qiz farzandlik bo‘ldim. Yorug‘ dunyoga hush kelibsan qizalog‘im”, — deya yozadi Aliboyev.
https://twitter.com/alibaev_9/status/1360569344716013568
Aliboyev Key-Liga 2020-yilgi mavsumida “Seul” safida 11 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)