Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Foto: IFFHS

Foto: IFFHS

Reyting 150 mamlakat vakillari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali tuzildi. Unga ko‘ra birinchi o‘rin “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.

“Yuventus”ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, “Barselona” sobiq yarim himoyachisi, hozirda “Vissel Kobe”da faoliyati yuritayotgan Andres Inyesta kuchli uchlikka yakun yasadi.

Top-10 lik bilan tanishing:

1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina).

2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya).

3. Andres Inesta (“Vissel Kobe”, Ispaniya).

4. Neymar (PSJ, Braziliya).

5. Serxio Ramos (“Real”, Ispaniya).

6. Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya).

7. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha).

8. Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya).

9. Zlatan Ibragimovich (“Milan”, Shvetsiya).

10. Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov