Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda daraxt va butalarni kesishga o‘rnatilgan moratoriy muddati 2021-yil oxirigacha uzaytirilganiga qaramay, Samarqandda chinor daraxti kesildi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan “Sulfakabutak” mahallasining Sulfakabutak va X.G‘iyosov ko‘chalari kesishgan qismida 7-fevral kuni 1 tup qimmatbaho chinor daraxti kesilgani haqidagi xabar yuzasidan ekologik reyd o‘tkazilgan.

Chinor daraxti kesilgan manzilga O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati partiya tashkiloti xodimlari, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari yetib kelgan va haqiqatan ham 1 tup chinor daraxti tagidan kesilgani, to‘nkasi ildizi bilan kavlab olib tashlangani aniqlangan.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu chinor daraxti ko‘chani kengaytirish maqsadida tuman avtoyo‘l korxonasi boshlig‘i S.Aliyev va boshqa mas’ullar topshirig‘iga asosan noqonuniy tarzda kesib tashlangan.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi qimmatbaho chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesgan shaxslarga va topshiriq bergan mas’ullarga tegishli qonuniy chora ko‘rilishini, shuningdek, kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiya tariqasida 100 tup ko‘chat ekilishi ta’minlanishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 3-fevraldagi farmoniga muvofiq, respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan. Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiy etib belgilandi.

Mazkur hujjat qabul qilingunga qadar, yanvar oyida Sergeli tumanida 14 tup har xil turdagi daraxtlar ruxsatnomasiz ildiz qismidan qo‘porib tashlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 151 million so‘mlik zarar yetkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)
Mahalliy
“Bolang tug‘ilgach ikkovingga benzin quyib, yoqib yuboraman, deb tahdid qilgan” — Farg‘onada erining Matiz’ida o‘zini yoqib yuborgani aytilgan marhumaning yaqinlar...