Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentning 2021-yilgi davlat dasturiga oid farmoni loyihasida respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bu davrda har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli (5 yosh va 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish va ularni ikki yil davomida parvarish qilish tartibi belgilanmoqda.

Noqonuniy kesilganlar daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiyati kiritilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash tartibini qayta ko‘rib chiqib, tabiatni qayta tiklashga qaratilgan kompensatsiya mexanizmlarini keng joriy etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan edi. Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani, Toshkent viloyatidagi to‘qayzorda 52 ta daraxt kesilgani hamda Sirdaryoda 7 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 113 mln so‘m zarar yetkazilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...