Hindistonning Uttarakxand shtatida 150 ga yaqin kishi tog‘dan muz ko‘chishi oqibatida bedarak yo‘qoldi. Bu haqda India TV’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tapovan energetika loyihasining to‘g‘oni buzilishi oqibatda toshqin sodir bo‘lgan. Jabrlangan hududlarga qutqaruvchilar va birinchi yordam kuchlari yuborilgan, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.

Rishi Ganga GESida ishlagan bir necha ishchi bedarak yo‘qolgan. Uttaraxand bosh kotibi Om Prakashning aytishicha, Chamoli okrugidagi toshqinda 100 nafardan 150 nafargacha kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

The Times of India’ning yozishicha, talafot joyidan qurbonlarning 10 ga yaqin jasadi topilgan.

Bosh vazir Narendra Modining aytishicha, Hindiston Uttaraxakndga yordam bermoqda va mamlakat barchaning xavfsizligi uchun duoda. “Men Uttarakxanddagi noxush holatni doimiy ravishda kuzatib turibman. Hindiston Uttarakxandni qo‘llab-quvvatlaydi, mamlakat barchaning xavfsizligi uchun duo qilmoqda”, — degan u Twitter’dagi sahifasida.