Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro markaziy bozori ma’muriyati 6-fevral kuni Bukhara News internet-nashri xodimlari ishiga to‘sqinlik qilgani haqida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, bozor vakillari xodimlarga u yerda sotsiologik so‘rov o‘tkazishni taqiqlab, jurnalistdan mikrofon va telefonni olib qo‘ygan. Nashr tomonidan tarqatilgan videolavhada tasvirlangan shaxs jurnalist va operator bilan tortishib, ruxsatnoma talab qilgan, o‘zi esa shaxsini tasdiqlashdan bosh tortgan.

Xabar e’lon qilingandan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi munosabat bildirdi.

“AOKA o‘z vakolatlari doirasida ushbu holatni o‘rganib chiqdi va tomonlarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Buxoro viloyat hokimligiga murojaat qildi”, deyiladi agentlik bayonotida.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bozor ma’muriyati ham voqeani ko‘rib chiqayotganini va natijalari to‘g‘risida xabar berishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...