• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Boshingizga bir urib, mana senga xat, jim o‘tir, deydigan davrlar o‘tdi” — Allamjonov AOKA va OAV bahsi haqida

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AOKAning mahalliy OAVga yuborayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Foto: Telegram / Komil Allamjonov

    Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida har bir fuqaro, jurnalist, bloger yoki matbuot o‘z-o‘zini himoya, haq-huquqini esa talab qila olishi kerak, buning uchun esa himoya alohida shaxslarga bog‘liq bo‘lmasligi, qonun ustuvor bo‘lishi lozim.

    “Bugungi davr matbuotini agar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tenglashtirsak, albatta, u oyoqqa turishi, yurib ketishi uchun unga ko‘mak, himoya kerak edi. Xuddi shu himoya AOKA vazifalaridan biri bo‘lgan”, — deydi u.

    Komil Allamjonov nima uchun o‘sha davrdagi hukumat tarkibidagi Matbuot va axborot agentligi mavqeyi ko‘tarilib, Prezident administratsiyasi tuzilmasiga kiritilgani, uning direktori avval vazir darajasida bo‘lsa, keyinchalik prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgani sababini tushuntirdi.

    “Chunki matbuot 90 foiz holatda hukumat tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, qo‘mita va hokimliklar, ya’ni ijro apparati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi. Demak agar agentlik Vazirlar Mahkamasi tarkibida bo‘lsa va direktor darajasi boshqa vazirlar bilan teng bo‘lsa, gapini o‘tkaza olishi, himoya qila olishi, kerak paytda hisobot va axborot berishga undashi qiyin kechadi. Bu holatda matbuotni bugungidek ko‘tarib bo‘lmas edi”, — deydi u.

    Uning ta’kidlashicha, qonunlarga o‘zgartirish kiritish, ko‘plab normativ hujjatlar yaratish hukumatdan yuqori turuvchi Prezident administratsiyasi tarkibida tezroq kechadi.

    “AOKA yuqorida aytganimdek go‘dak matbuotga enaga qilib belgilangan edi o‘shanda. Va shuning uchun ham jurnalist yoki blogerlar tomonidan qonunlar buzilsa ham, xatolar bo‘lsa ham, ko‘z yumib turaylik, matbuot jonlanib olsin, deya targ‘ib qilar edik. Oradan mana 4 yil vaqt o‘tdi. Urilib, surilib, gohida qashqa bo‘lib, gohida g‘urra, bezori bolalar bilan urishib, talashib, matbuot ancha yetilib, tishlari chiqib, ko‘chada bemalol yura boshladi. Buni kuzatib turgan enaga ham sekin-asta o‘zini orqaga tortdi. Bir so‘z bilan aytganda, ular chinakam hayotga uchirma qilindi”, — deb qayd etdi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi.

    Uning fikricha, “endi minbardan turib, sizni himoya qilamiz, bizning himoyamizdasiz, deydigan gaplar davri o‘tdi”.

    “Endi har bir jurnalist va bloger, avvalo, o‘zini o‘zi himoya qila oladigan darajada bo‘lishi kerak. Qonunlarni yaxshi bilishi, jurnalistika etikalariga rioya qilib ishlashi kerak. Aslida bu sohada ham tartib bo‘lishi shart. Bu juda muhim. Ana o‘shandagina jurnalistning tili uzun, boshi mag‘rur bo‘ladi”, — deydi Allamjonov.

    Uning kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan voqealar matbuot gapini ayta oladigan, o‘ziga nisbatan berilgan har qanday ogohlantirishlarga munosabat, e’tiroz bildira oladigan, ochiq bahslasha oladigan davrga ham yetib kelganini ko‘rsatdi. AOKA sobiq rahbarining aytishicha, bu aslida Prezident boshchiligida yaratilgan so‘z erkinligi konsepsiyasining amalda ishlayotgani belgisidir.

    “So‘z erkin bo‘ldiki, bosim bo‘lyapti deya olyapsiz, sizga e’tiroz bildirgan davlat tashkilotiga fikringizni bemalol tengma-teng ayta olyapsiz. Boshingizga bir urib, mana senga xat, jim o‘tir deydigan davrlar o‘tganidan darak bu. Albatta, qiyinchiliklar ko‘p, lekin kim aytuvdi oson bo‘ladi deb? Ushbu darajaga yetib kelishda bizga ham, o‘zi uchun turib bera olish sizga ham oson emas. Shuning uchun ham biz aynan shu safar jim o‘tirdik, kuzatdik va izoh bermadik. Bahslar, tortishuvlar faqat rivojlantiradi davlatni”, — deya ta’kidlaydi Allamjonov.

    Komil Allamjonov OAVni qo‘lladi va ular to‘g‘ri yo‘lda ekanligini bildirdi. “Eng asosiysi, bilingki, ushbu jarayonga to‘siq yoki qarshiliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu foydasiz. Katta g‘ildirak joyidan qo‘zg‘alib, yurib bo‘ldi. Endi u to‘xtamaydi. Chunki ushbu islohotning konsepsiyasi juda puxta yaratilgan!”, — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan u.

    Eslatib o‘tamiz, AOKA “Kun.uz”ga gaz-svet muammosini yozgani uchun ogohlantirish xati yuborganida tahririyat buni “bosim o‘tkazish” degan edi. Bundan tashqari, yana bir ogohlantirish xati “Daryo.uz” internet nashriga yuborilgan edi. Shuningdek, AOKA COVID-19 statistikasi bo‘yicha yangilik sababli “Gazeta.uz”ni ogohlantirganida nashr bunga javoban “Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni ‘noqulay’ savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz”, deya yozgan edi.

    Shundan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mahalliy ommaviy axborot vositalariga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Unda agentlik jurnalist va blogerlarga davlat organlarining OAV bilan konstruktiv va ochiq muloqotda bo‘lishlari uchun har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi, shuningdek, mamlakatda so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari rivojlanishini ta’minlashni kafolatlashini ta’kidladi.

    29.11.2020, 19:21   Izoh (0)   25910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha barcha shaharlar bosh rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda

    29.11.2020, 18:25

    “Daryo” fotosayohati: Turkiyaning Istanbul shahridagi Taqsim maydoni va Istiqlol ko‘chasi manzaralari

    29.11.2020, 09:55

    Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

    28.11.2020, 22:27

    Buxoroda to‘rt yildan beri gazsiz yashayotgan nogironligi bor shaxsga OAV aralashuvi bilan bir kunda gaz berildi

    28.11.2020, 21:25

    Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit otasining Cobalt’ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida 22 yoshli yigit vafot etgan

    28.11.2020, 19:15

    FVV Chinozda 5 ming tonnali sisternada yong‘in chiqqanidan so‘ng, Denovdagi neft bazada maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazdi

    28.11.2020, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.