Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Paxtakor”dan “An-Nassr”ga o‘tgan Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubi uning transferi uchun toshkentliklarga qancha mablag‘ to‘laganini ma’lum qildi. Futbolchi bu haqida “Tribuna.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK

Masharipovning so‘zlariga ko‘ra “An-Nassr” transferi uchun “Paxtakor”ga 1,5 million AQSh dollaridan ortiq pul o‘tkazib bergan.

Avvalroq “Daryo” manbasi futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi. Shundan keyin “An-Nassr” legionerlar bilan bog‘liq limit sabab Jaloliddinni BAAning “Shabob al-Ahli” klubiga ijaraga berdi.

Ma’lumot uchun, Masharipov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2013-yilda bosh jamoada debyut qilgan. 2017-yilni ijara asosida “Lokomotiv”da o‘tkazgan futbolchi 2021-yilga qadar “sherlar” safida harakat qilib keldi. Masharipov Superliga 2020-yilgi mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi