Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahridagi Islom Karimov ko‘chasida qurilayotgan 9 qavatli binoda yuzaga kelgan portlash oqibatida 6 kishi jabrlangan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hokimlik axborotiga ko‘ra, bino Karomatov Jamshid Jalolovich rahbarligidagi White Group Trading MChJ tomonidan 2019-yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilishi boshlangan. Loyiha bo‘yicha 3 ta podyezdda jami 70 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish uchun davlat tomonidan kredit moliyalashtirilmagan.

Portlash vaqtida bino ichida 10 nafar quruvchi va 3 nafar gaz payvandlovchi ustalar bo‘lgan.

Gaz payvandlash ishlari 3 oy oldin boshlangan. 4-fevral kuni montaj to‘liq tugatilib, sinovdan o‘tkazilgan. Sinovdan o‘tkazish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda gaz quvurining to‘sgichi (zaglushka) bo‘lmaganligi sababli sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib, chaqnash sodir bo‘lgan.

Buxoro viloyati hokimligi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Hodisa oqibatida 6 kishi jabrlangan. Ulardan 4 nafari ayollardir. Hokimlik jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi:

  1. Rizoyev Ahad Toshevich,1982-yilda tug‘ilgan. Kogon shahridan, ahvoli og‘ir.
  2. Jo‘rayeva Feruza, Buxoro shahridan, ahvoli yengil.
  3. O‘rinova Shahnoza, 1981-yilda tug‘ilgan. Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
  4. Roziqova Nargiza, 2000-yilda tug‘ilgan. Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
  5. Jo‘rayev Bexruz, 1999-yilda tug‘ilgan, Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
  6. Mahmudova Mohinur, ahvoli yengil.
Avvalroq FVV hodisa oqibatida faqat 2 nafar ishchi yengil jarohat olgani, qurbonlar bo‘lmaganini ma’lum qilgandi.

“Daryo” muxbirining hodisa joyidan olgan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ayollardan biri gugurt chaqishi oqibatida portlash yuzaga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Mahalliy
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi (video)