Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Boston Dynamics kompaniyasi Spot robot-itiga turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan mexanik qo‘l o‘rnatib, uni modifikatsiya qildi. Robotning ishlayotgani tasvirlangan video kompaniyaning YouTube’dagi kanaliga joylashtirilgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Endilikda robot-it uyni tozalashi, chiroqni yoqishi, eshiklarni ochishi va sochilib yotgan buyumlarni yig‘ishi mumkin. Shuningdek, robot gul ekishga, yerni kovlashga va bor bilan biror narsani chizishga o‘rnatilgan. Uchta robotdan iborat guruh arqonda sakrashga o‘rnatilgan.

Robotlarni planshet yordamida masofadan turib boshqarish mumkin.

Avvalroq Hyundai robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics’ning asosiy egasiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqqan, shuningdek, u Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident