Daryo

Video: Boston Dynamics’ning robot iti Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshladi

Spot bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun oldindan yozib qo‘yilgan xabarni o‘qiydi

1 daqiqa o‘qish38 148 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Amerikaning Boston Dynamics kompaniyasiga tegishli Spot laqabli robot it 8-maydan boshlab odamlar bir-biriga nisbatan oraliq masofaga rioya qilayotganini tekshirishni boshladi, deb yozadi The Verge.

Kadr: YouTube

Koronavirus epidemiyasiga qaramay, Singapurda bog‘lar bo‘ylab yolg‘iz sayr qilish yoki yugurgani chiqish taqiqlanmagan.

Spot bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun oldindan yozib qo‘yilgan xabarni o‘qiydi: “O‘zingizning va atrofdagilar xavfsizligi uchun, iltimos, bir metr nariroqda turing”.

Shuningdek, robot qo‘llarni yuvish kerakligini ham eslatadi. Robot odamlar orasidagi masofani aniqlashi, shu bilan birga, kameralari orqali bog‘dagi odamlar sonini kuzatishi mumkin. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar