Daryo

Hyundai robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics’ning asosiy egasiga aylandi

Ushbu xarid Hyundai’ga 921 million dollarga tushdi

1 daqiqa o‘qish34 260 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Boston Dynamics

Hyundai Motor Group va SoftBank moliyaviy konglomerati Boston Dynamics robotlarini ishlab chiqaruvchini sotib olish borasidagi bitimlarning asosiy shartlarini kelishib oldi. Janubiy Koreya konserni kompaniyaning 80 foizga yaqin aksiyasiga, SoftBank esa 20 foizli ulushiga ega bo‘ladi. Ushbu xarid Hyundai’ga 921 million dollarga tushdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Boston Dynamics

Hyundai tomonidan 2019-yilda taqdim etilgan Strategy 2025 yo‘l xaritasida kompaniya “aqlli mobil” operatori sifatida tasvirlangan va uning asosiy faoliyat yo‘nalishi belgilab olingan: Smart Mobility Device (SMD) va Smart Mobility Service (SMS). SMS abbreviaturasida personallashtirilgan xizmat va kontentlar yashiringan, SMD esa “aqlli” qurilmalarning keng doirasi hisoblanadi, xususan, dronlar va robotlar. Mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalarida muvaffaqiyatga erishgan Boston Dynamics yodam beradi.

Boston Dynamics’ning robototexnikadagi tajribasi Hyundai Mobis (avtonom boshqaruv tizimi) va Hyundai Glovis (logistika), shuningdek, Hyundai Motor’ning o‘ziga yordam beradi. Koreyaliklar mazkur sohadagi yetakchilikni egallash niyatida, shu sababli ombor va sanoat korxonalaridagi xizmat ko‘rsatish sohalarining servis hamda logistikasiga robotlarni joriy etishni reja qilgan.

Ma’lumot uchun, robototexnikaga ixtisoslashgan Boston Dynamics kompaniyasiga Mark Raybert va Massachusets texnologiyalar institutining bir guruh muhandislari tomonidan 1992-yilda asos solingan. 2013-yil oxirida kompaniyani Google sotib olgan, 2017-yilda esa Yaponiyaning yirik investori — SoftBank. 2020-yilda Boston Dynamics sakkizta robotlar modelini taqdim etdi, xususan, antromorf Atlas robotini ham.

Avvalroq Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqqani, u Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshlagani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar