Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afsuski, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 40 millionga yaqin inson chalingan Alsgeymer kasalligini to‘xtatadigan dori topilganicha yo‘q. Ammo ko‘pchilik boyni ham, kambag‘alni ham ayamaydigan kasallikning oldini olishga umid bog‘lamoqda. “Film.ru” sayti ushbu kasallikka duch kelgan 5 taniqli aktyor haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Shon Konneri

Foto: “uznayvse.ru”

Foto: “uznayvse.ru”

Mashhur aktyor Shon Konneri yaqinda 90 yoshida vafot etdi. Uning rafiqasi 91 yoshli rassom Mishelin Rokbryun turmush o‘rtog‘i hayotining so‘nggi yillarini demensiya – tafakkur buzilishi kasalligi bilan o‘tkazganini ta’kidlaydi. Kasallik tufayli u bu hayotni tark etdi. U hatto gapirishga ham qiynalib qolgan edi. Rokbryunning so‘zlariga ko‘ra, aktyor uyqusida vafot etgan va bu juda sokinlik bilan yuz bergan. Rokbryun Konneri bilan 45 yil bir oila bo‘lib yashagan va bir-birini juda ham qattiq yaxshi ko‘rgan. Turmush o‘tog‘ining so‘nggi damlarida Mishelin doimo u bilan birga bo‘lgan.

Robin Uilyams

Foto: “new.term.net”

Foto: “new.term.net”

2014-yil 12-avgust kuni aktyor Robin Uilyams Kaliforniyadagi uyida o‘lik holda topilgan. O‘lim sababi o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, bu aktyorning salomatligi bilan bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, aktyorda vahimaning kuchayishiga sabab bo‘luvchi demensiya alomatlari kuzatilgan. Shunga o‘xshash kasallik dunyo bo‘ylab million odamda aniqlanadi, ammo hamisha ham to‘g‘ri tashxis qo‘yilavermaydi. Ammo aktyorning rafiqasi aktyorning o‘z joniga qasd qilishiga depressiya sabab bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etgan.

Piter Falk

Foto: “Infox.ru”

Foto: “Infox.ru”

Afsonaviy aktyor Piter Falk 81 yoshida Alsgeymer kasalligiga chalingan. 2008-yilda uni yo‘l chetida dastlab g‘alati ahvolda ko‘rishgan, shundan so‘ng u o‘zini mashina ostiga tashlagan. Aktyor darhol shifoxonaga olib borilgan va u yerda shifokorlar dahshatli kasallikni aniqlagan. Aktyor o‘sha voqeadan so‘ng filmlarda ko‘p rol ijro etmadi. 2011-yil 23-iyun kuni 83 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

Rita Xeyvort

Foto: “kinoteatr.ru”

Foto: “kinoteatr.ru”

Gollivudning eng yorqin yulduzlaridan biri o‘tgan asrning 70-yillarida xotirasini yo‘qota boshladi. Avvaliga boshqalar undagi xotiraning yo‘qolishi spirtli ichimlik ichish bilan bog‘liq deb hisoblagan. Ammo keyinchalik shifokorlar Xeyvortga demensiya – tafakkur buzilishi kasalligining tashxisini qo‘ygan. 80-yillarga borib aktrisaning ahvoli yomonlasha boshlagan va 1987-yilda 68 yoshida vafot etgan.

Jeyms Styuart

Foto: Gold Derby

Foto: Gold Derby

Ko‘pchilik Styuartni “Filadelfiya voqeasi” va “Bu ajoyib hayot” filmlaridagi rollari bilan eslaydi. U aktyorlik karyerasining 55 yilida 80 ta filmga suratga tushgan. Demensiya kasaliga chalinganiga qaramay, 89 yil umr ko‘rgan. 1997-yilga kelib yurak xurujidan vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov