Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi yaqinda iPhone 12 seriyasidagi smartfonlarni taqdim etib, katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Kompaniya 90 milliondan ortiq smartfon sotib, 2020-yilning to‘rtinchi choragida jahon smartfonlar bozorida yetakchiga aylangan.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

iPhone 12 ishlab chiqaruvchining beshinchi avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi smartfoniga aylangan. IXBT’ning yozishicha, iPhone 13 lineykasi kamida eng katta flesh-xotiraga ega model sifatida tarixga kiradi.

Taxminlarga ko‘ra, shu yilning kuzida Apple 1 terabayt ichki xotiraga ega iPhone 13 Pro versiyasini taqdim etadi. Bu iPhone 12 lineykasidagi maksimal xotira hajmidan ikki barobar ko‘p.

Ma’lumot uchun, Apple iPhone XS’ni 512 gigabayt ichki xotiraga ega kompaniyaning birinchi smartfoni sifatida taqdim etgan. Keyinroq iPhone 11 va iPhone 12 lineykalarida ham shu kabi modellar paydo bo‘ldi.

Avvalroq Apple tomonidan 2021-yilda taqdim etiladigan smartfonlar lineykasi iPhone 12s nomini olishi, 2021-yilda taqdim etadigan iPhone’ga barmoq izi skanerini o‘rnatishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi