Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari Moskvadagi elita ko‘chmas mulki hisoblangan uylarga egalik qiladi. Ularning turmush o‘rtoqlari ham Chechenistonda rahbarlik lavozimlarida ishlaydi, biroq to‘ldirilgan deklaratsiyalarda bu haqda ma’lumot berilmagan. Bu haqda “Vajnie istorii” nashrida Rossiya reyestridagi axborotlarga asoslangan ma’lumotlar berilgan.

Foto: “VKontakte”

Nashrning yozishicha, Checheniston rahbarining opasi Zargan Qodirova 2004-yildan buyon Moskvaning Leningrad shohko‘chasida joylashgan 131,7 kvardat metrli premium sinfga mansub “Lochin uyasi” nomli turar joy kompleksiga egalik qiladi. Uning eri Ramzan Cherxigov Checheniston transport va aloqa vaziri. Amaldor 2012-yildan 2019-yilga qadar deklaratsiyalarning hech birida rafiqasiga tegishli kvartiralar haqida ma’lumot qoldirmagan. Ushbu kompleksdagi kvartiralardan biriga 2011-yildan buyon Zarema Ramzanovna Cherxigova egalik qiladi, nashrning yozishicha Zargan Qodirova va Ramzan Cherxigovning voyaga yetmagan qizining mulki haqida vazir to‘ldirgan deklaratsiyada ma’lumot qayd etilishi zarur.

Checheniston rahbarining boshqa bir opasi Zulay Qodirova mamlakatda rahbar va hukumat ish boshqaruvchisining o‘rinbosari, u 167,7 kvadrat metr maydonga ega turar joy kompleksining egasi (joyning narxi 60 million rubl ekanligi taxmin qilingan). Shunga qaramay u 2019-yildagi o‘z deklaratsiyasida mol-mulklar haqida axborot qoldirmagan. Ayolning turmush o‘rtog‘i Salmon Zakriyev Checheniston parlamenti raisining birinchi o‘rinbosari va u deklaratsiyasida 2018-yilga kelibgina mazkur kvartira rafiqasiga tegishli ekanini bildirib o‘tgan.

“Lochin uyasi” turar joy kompleksi
Foto: “Vajnie istorii”

“Lochin uyasi”dagi yana bir kvartiraga Qodirova va Zakriyev oilasi vakili Yoqub Zakriyev egalik qiladi. 30 yoshli Yoqub Chechenistonda 2018—2020-yillarda Grozniy shahri meri lavozimida ishlagan, ayni vaqtda respublika hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U ham deklaratsiyalarida Moskvadagi uyi haqida ma’lumot qoldirmagan.

Ramzan Qodirovning tutingan ukasi Turpal-Ali Ibragimov ham “Lochin uyasi” kompleksidagi kvartiraga egalik qiladi, u Chechenistonning Shalin hududidagi ma’muriyatni boshqaradi. Ibragimov xonadonni 2005-yilda sotib olgan, ammo hanuzgacha deklaratsiyalarda bu haqda qayd yozmay kelmoqda.

Ramzan Qodirovning o‘zi ham ko‘chmas mulklari haqidagi ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida yashirib kelgan. 2010-yilgacha Ramzanda otasi Ahmad Qodirovdan meros bo‘lib qolgan Moskvadagi Veernoy ko‘chasidagi uy bo‘lgan. Biroq u bu haqda deklaratsiyalardagi ma’lumotlarda biror marta ham eslab o‘tmagan.

Rossiyada 2008-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra amaldorlar har yili o‘zlariga tegishli mol-mulklar haqida deklaratsiya to‘ldiradi. Hujjat bo‘yicha noto‘g‘ri axborotlar bergan amaldor o‘z egallab turgan lavozimini tark etishi ham mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi