Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Malika Diana rolini ijro qilayotgan Kristen Styuartning suratga olish jarayonidagi ilk suratlari taqdim qilindi.

Foto: Lisa.ru

Foto: Lisa.ru

Kristen Styuartning “Spenser” nomli biografik filmda malika Diana rolini ijro etishi haqida xabar berilgandi. Ammo PabloLarrainning mazkur filmida britaniyalik bo‘lmagan aktrisaning malika rolini gavdalantirishi ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan.Ammo rejissor uning hozirgi davrning eng yaxshi aktrisalaridan biri ekanini aytib, fikridan qaytmagan.

Foto: Lisa.ru

Foto: Lisa.ru

Taqdim qilingan suratlarda malikaniki singari nigohlari ma’yus Kristenni Diananing rojdestvodagi obraziga o‘xshash kiyinganini ko‘rish mumkin. Qirollik oilasi an’anaviy tarzda ushbu bayramni Norfolkdagi Sandringem saroyida nishonlab keladi.

Aksariyat muxlislar “qalblar malikasi”ni gavdalantirgan aktrisaning Kristen ekanini bir qarashda payqamagan. Qolganlar esa ular o‘rtasida rostan ham o‘xshashlik borligini tan olgan.

Diana aynan Sandringemdagi ta’til vaqtida shahzoda Charlz bilan ajrashishga qaror qilgan. Stiven Nayt tomonidan ssenariyyozilgan filmda uning qirolicha bo‘lishni istamasligini tushunib yetganini ko‘rish mumkin. Dramada malikaning fojiali o‘limi haqida hikoya qilinmaydi, buning o‘rniga rejissor Diananing turmushidagi munosabatlari va farzandlariga bo‘lgan sevgisiga urg‘u berishga qaror qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)