Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Barselona” 27-yanvar, chorshanba kuni “Rayo Valyekano” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 63-daqiqada transfer huquqi “Real”ga tegishli bo‘lgan Fran Garsiya katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Bunga mehmonlar ko‘p o‘tmay Lionel Messining goli bilan javob qaytardi.

80-daqiqada Frenki de Yong “Barselona”ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Ronald Kuman shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yana bir o‘yin “Sevilya” va “Valensiya” jamoalari o‘rtasida kechdi. Lyuk de Yongning dubli va Ivan Rakitichning goli “Sevilya”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

27-yanvar, chorshanba

“Rayo Valyekano” — “Barselona” 1:2

Gollar: 1:0 – 63 Fran Garsiya, 1:1 – 69 Messi, 1:2 – 80 de Yong.

“Rayo Valyekano”: Dimitriyevski, Ernandes (Advinkula, 83), Katena, Savelich, Martos (Palason, 83), Xoni Montel (Garsiya, 56), Fran Garsiya, Martin (Suares, 71), Komesanya, Trexo, Kasmi (Antonin, 71).

“Barselona”: Neto, Langle, Firpo (Pedri, 68), Mingesa, Arauxo, Puch (Alba, 68), de Yong, Buskets, Trinkau (Dembele, 68), Grizmann (Breytueyt, 85), Messi.

Ogohlantirishlar: Komesanya (10), Trexo (54), Dembele (73), Breytueyt (90).

“Sevilya” — “Valensiya” 3:0

Gollar: 1:0 – 20 de Yong, 2:0 – 33 de Yong, 3:0 – 38 Rakitich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!