Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari yoshlarni boy madaniy meros bilan yaqindan tanishtirish, ular o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish zarurligini qayd etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzeylarga tashrif bo‘yicha turizm marshrutlarini ishlab chiqishi, bunda transport, mehmonxona xarajatlariga chegirmalar joriy qilish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bildiradi. 2021-yilda 500 ming nafar o‘quvchi va 100 ming nafar talabani ichki turizmga jalb qilamiz”, - dedi Prezident.