Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sitsiliyada 10 yoshli qizcha “blekaut” nomli chidamlilikka bo‘lgan chaqiriqni bajarish vaqtida nafas yetishmasligidan vafot etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Reuters’ning yozishicha, chellenj vaqtida ishtirokchilarga kamarni bo‘yindan o‘tkazib, video yozib bo‘lingunga qadar nafas olmaslik taklif etilgan.

“Qizchani vannaxonadan besh yoshli singlisi topib olgan bo‘lib, uning yonida telefon yotgan. Oqibatda ijtimoiy tarmoqning yosh foydalanuvchisi shifoxonada vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Italiya hukumati kamida 15-fevralga qadar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining barcha tekshirilmagan akkauntlarini o‘chirishga qaror qilgan.

O‘z navbatida TikTok’ning ma’lum qilishicha, kompaniya qizni chellenjda ishtirok etishga majburlagan biror kontentni topa olmagan. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilishga bo‘lgan ehtimoliy undash bo‘yicha tergov ishlarida hukumatga yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan.

“TikTok’ning xavfsizligi — birinchi navbatdagi vazifamiz, shu sababli xavfli xatti-harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki targ‘ib qiluvchi har qanday kontentga ruxsat bermaymiz”, — deydi TikTok vakili.

Avvalroq Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat