• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Buxoro rivojlanishda boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti” — Shavkat Mirziyoyev

    Buxoro boshqa viloyatlardagi rivojlanishdan 10 yil orqada qolyapti, korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 22-yanvar, juma kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, sessiyada davlat rahbari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga to‘xtaldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Buxoroning bugungi rivoji ma’qulmi, degan savolga mening javobim: yo‘q. Boshqa viloyatlardagi rivojlanishdan 10 yil orqada qolyapti. Korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti. Yalpi hududiy mahsulotda qishloq xo‘jaligi ulushi 50 foiz ekani eski zamondan nishon. Sanoat, xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik bo‘yicha viloyatning imkoniyatlari juda keng. Tuman hokimlari, sektor rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarishi kerak”, — degan Prezident.

    Qayd etilishicha, mavjud 544 ta mahallaning har biri o‘rganilib, 333 tasi “qoniqarli”, 182 tasi “o‘rta” va 29 tasi “past” rivojlanish toifalariga ajratildi. Aholiga daromad manbayi yaratish zaxiralari aniqlangan.

    Shuningdek, joylardagi muammo va imkoniyatlarni mahalla darajasida o‘rganish, aholi bandligi va daromadini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etilishi kerakligini ta’kidlagan.

    “Endi jamiyatimizda boshqacha yo‘nalish bo‘ladi — mahalla katta kuchga aylanadi. Agar mahalla raisi bilimli, fidoyi bo‘lsa, kayfiyat ham, iqtisodiyot ham o‘zgaradi”, — degan davlat rahbari. Shu maqsadda viloyatga ishchi guruh yuborilgan, shahar va tumanlarga vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari biriktirildi.

    Xabarda aytilishicha, davlat rahbari ishsizlik muammosiga alohida to‘xtaldi. Yangi ish o‘rinlari ochish va o‘z-o‘zini band qiluvchilarga sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Oilaviy tadbirkorlik, yoshlar biznes loyihalariga 390 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilandi. Har bir tumanda bittadan kasb-hunar maktabi tanlab olinib, uning bazasida monomarkazlar tashkil etiladi, mahallabay o‘rganish natijasi o‘laroq ishsizlar, yoshlar va ayollar talab yuqori kasblarga o‘rgatiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Buxoro viloyatida 2021—2022-yillar uchun umumiy qiymati qariyb 19 trillion so‘m bo‘lgan 713 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Shundan 555 tasi bu yil amalga oshirilishi, 14 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

    Xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish, jumaladan, ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, qadimiy “G‘ijduvon qo‘rg‘oni”ni qayta tiklab, ochiq osmon ostidagi muzey barpo etish, Vobkent tumanida “Shirin” qishlog‘ini etnoturizm maskaniga aylantirish, Peshku tumanining Afshona qishlog‘ida “Ibn Sino zamonasi” majmuasini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Buxoro zardo‘zligi va zargarligi xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

    Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. 2021-yilda Buxoroda Prezident maktabi faoliyat boshlaydi. Matematika, axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya va fizikaga ixtisoslashgan 16 ta maktab tashkil etiladi. Shuningdek, 18 ta maktabni rekonstruksiya qilish belgilangan.

    Bundan avval Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 25-sessiyasida nomzodi Prezident tomonidan tavsiya qilingan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-yanvardan buyon Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Prezident to‘rtta tuman faollari bilan uchrashdi, “Buxoro Varnet” agrosanoat majmuasini borib ko‘rdi,  Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    Mavzuga doir: “Buxoroning IT soha bo‘yicha brendini yaratish kerak”. Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi IT Park’ni borib ko‘rdi, yoshlar bilan suhbatlashdi

    22.01.2021, 15:11   Izoh (0)   24409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 23-yanvar kuni 5 darajagacha sovuq bo‘ladi

    22.01.2021, 14:55

    Samarqandda “Jo Bayden” nomli MChJ ro‘yxatdan o‘tdi

    22.01.2021, 14:33

    “Zarurat bo‘lmasa, kechki payt yo‘lga chiqmang”. Qamchiq dovonidagi vaziyat bo‘yicha haydovchilar ogohlantirildi

    22.01.2021, 14:10

    Mingbuloqda kuchli shamol binolar tomini uchirib ketdi

    22.01.2021, 13:55

    O‘rta Chirchiqda hokimlik xodimi pichoqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    22.01.2021, 13:38

    “Korxonadagi ishlab chiqarish vositalari o‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan” — portlash sodir bo‘lgan “Yangi Angren” IESi ishchilari

    22.01.2021, 13:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.