Xabar davomi: Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini shamoldan zarar ko‘rgan Olot tumanidan boshladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Safar davomida agrosanoat, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar faoliyati, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 2020-yilning 27-aprel kuni yuz bergan kuchli shamoldan so‘ng Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashgan edi. O‘shanda Prezident Olot hamda Qorako‘lning ham yanglanishini ma’lum qilib, sarosima va xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidlagandi.