ko‘zdan kechirmoqda. Prezident hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketgan." data-action="zoom" class="border lazyload" />Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” korxonasiga tegishli issiqxonada yetishtirilgan pomidorlarni ko‘zdan kechirmoqda. Prezident hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketgan.Foto: Prezident matbuot xizmatiAQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining qasamyod marosimidan so‘ng Vashingtondagi Linkoln memorialida intervyu bermoqda. Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni unga tabrik yo‘lladi.Foto: ReutersMadriddagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Portlash boylerni tekshirish jarayonida yuz bergan.Foto: EPA / “Interfaks”DXX Toshkent viloyatidagi firmalardan birining rahbarini naqd 3,72 million dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotganida ushladi. U 460 gektar yerni bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qibraylik tadbirkor nomiga o‘tkazib berish uchun shuncha pul so‘ragan.Kadr: “O‘zbekiston 24”Tadqiqotchi Parij-Sarklay universitetidagi nanoilm va nanotexnologiyalar markaziga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni suratga tushirmoqda.Foto: Associated Press / The GuardianHindistonning Tamilnad shtati Tulasendrapuram qishlog‘idagi Kamala Harrisning suratlarini ko‘tarib olgan odamlar uning AQSh vitse-prezidenti sifatida qasamyod qilganini nishonlamoqda. Harrisning ona tomondan bobosi aynan shu qishloqda tug‘ilib, voyaga yetgan.Foto: Reuters“Kristof” to‘foni sababli Buyuk Britaniyaning bir qator hududlari, xususan, Yorkshir (suratda), Katta Manchester va Kembrijshir suv ostida qoldi.Foto: The Observer / The GuardianQashqadaryo viloyati prokurori Erkaboy Tojiboyev otasi tomonidan muttasil kaltaklangan qarshilik bolaning qo‘llarini ko‘zdan kechirmoqda. 21-yanvar kuni ota bu va yana boshqa farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani yozilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.Foto: Qashqadaryo viloyati prokuraturasiLozannadagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari yosh bolalarni Shveysariyaning bevosita demokratik tizimi bilan tanishtirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotda saylov urnasidan foydalanishni o‘rganmoqda.Foto: Getty Images / The GuardianManilaning xaroba qismida yashovchi filippinlik bolalar yordam dasturi doirasida tarqatiladigan bepul yegulik uchun navbatda turibdi.Foto: Reuters / The GuardianRespublika kuni munosabati bilan uyushtiriladigan parad repititsiyasida ishtirok etayotgan politsiyachilar. Amritsar, Hindiston.Foto: Getty Images / The GuardianMoskvadagi Qizil maydonda Lenin vafotining 97 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Leninning mavzoleyi oldida yurgan Leninning qiyofadoshi.Foto: EPA / The GuardianShimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qiyofadoshi — Govard Iks o‘zining pufak-raketasi bilan Gonkongdagi politsiya bo‘linmasi oldida salom yo‘llamoqda.Foto: ReutersXitoyning Shitszyachjuan shahrida koronavirusga chalinganlarning yaqinlarini saqlash uchun 4 ming o‘rinlik karantin markazi qurilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan.Foto: Associated Press / The GuardianDXX tomonidan 21-yanvar kuni Sirdaryo viloyatida “Jihodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olingani e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, jinoiy guruh rahbarlari Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, Telegram’da xayriya guruhini ochib, bank plastik kartasiga ehson qilingan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan.Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatiBag‘dod markazidagi gavjum bozorda ikki terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.Foto: Getty Images / “Interfaks”Meksikaning Tachapula shahridagi kolumbiyalik muhojir Gerson, bolakayning sochini olish davomida, televizor orqali Jo Baydenning AQSh 46-prezidenti sifatida qasamyod qilishini tomosha qilmoqda. U imkon qadar ko‘proq pul ishlab, AQShga ketish orzusida.Foto: ReutersBeyt-Shemeshdagi sportzalda isroillik shifokor koronavirus tekshiruvi uchun fuqarodan namuna olmoqda.Foto: EPA / “Interfaks”Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatildi. Bu joyda besh oy avval 2,5 yoshli Temurxon Chexovskiy mast haydovchining qoidabuzarligi oqibatida halok bo‘lgan edi. Svetofor Temurxonning akasi Amirxon Prezident Shavkat Mirziyoyevga videmurojaat yo‘llaganidan bir kun o‘tib o‘rnatildi.Foto: “Daryo”Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga safari doirasida Buxoro shahridagi IT-Park’da bo‘lib, robototexnikaga qiziquvchi qizaloq bilan muloqotda bo‘ldi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMavzuga doir: Angrenda portlagan stansiya, suv bosgan muhojirlar lageri, avtomobil yo‘lida ketayotgan fil. 20-yanvar suratlari Ishsiz manеkenlar, sumo maktabi, teskari Yer shari. 19-yanvar suratlari Sovuq havoda qotgan lag‘mon, aravachada baland minoraga chiqayotgan nogiron alpinist, sudyaning jasadi. 18-yanvar suratlari
Izoh (0)