• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahmudxo’ja Behbudiy faoliyatiga chizgilar. 20-yanvar – o‘zbek jadidlari otasining tavallud kuni

    Bundan roppa-rosa 146 yil muqaddam, 20-yanvar kuni buyuk ma’rifatparvar, publitsist, olim va siyosatchi, jamoat arbobi, Turkistonda jadidchilik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyoga kelgan edi. Sana munosabati bilan jadidshunos olim, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori Zaynobiddin Abdurashidov uning faoliyati haqida so‘z yuritadi.

    Jadidchilik va jadidlarning bugungi kunda o‘rganilishi, targ‘ib qilinishi havoday zarur. Biz uchinchi Renessansni “strategik vazifa” deb qarasak, uni “milliy g‘oya darajasiga” ko‘tarmoqchi bo‘lsak, jadidlarimiz ta’kidlaganidek, “har kim o‘zgarishi kerak, har kim o‘zgarishni o‘zidan boshlashi kerak”. Bu o‘rinda, ayniqsa, ziyolilar, mansabdor ma’murlar o‘zgarishni o‘zlaridan boshlamas ekan, biz oldimizga qo‘ygan yuksak strategik vazifani uddalay olmaymiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Jadidlar islohotni maktabdan, aniqrog‘i, boshlang‘ich maktabdan boshladi. Bu bejiz emas edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy boshchiligidagi Turkiston jadidlari boshlang‘ich ta’limni ona tilida berishga mo‘ljallangan milliy maktablarning umummilliy institutini yaratishga qaratilgan dasturni taklif etdi. E’tibor bering, boshlang‘ich ta’lim bolaning ona tilida berilishi kerak. Yaqin tariximizdan ma’lumki, bundan 120-130 yillar oldin ham maktablarda o‘qitiladigan birorta turkiy tildagi kitob mavjud emas edi. Barcha dars kitoblari fors yoki arab tilida edi. Jadidlar bola boshlang‘ich savodini o‘z ona tilida chiqarishi unga millat, milliyat tushunchalarining chuqurroq singdirilishini ta’minlaydi, deb qaradilar. O‘z navbatida, Turkiston jadidlarining yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy quyi va yuqori maktabning isloh etilishi, millatning isloh etilishiga olib keladi, deb hisobladi. Uning ta’kidlashicha, millatning isloh etilishi bu milliy g‘oya bo‘lib, uni barcha targ‘ib qilishi kerak. Mana Behbudiy taklif qilgan milliy g‘oya. Behbudiy “umummilliy g‘oya” mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu g‘oya qolgan barcha g‘oyalardan yuqori turishi kerakligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, millatni ulug‘lash, maqsadlarni yuqori ko‘tarish, millatning haqiqiy birligi – bu “umummilliy g‘oya”ning tub mohiyatini tashkil etadi. Bu g‘oya millatning kelajakka intilishi va undan keladigan foydasini aks ettirishi lozim.

    Jadid maktabi, bugungi istilohlar bilan aytadigan bo‘lsak, innovatsion va “smart” maktab edi. Unda joriy qilingan “tovush usuli” bugungi ta’limning asosi, kerak bo‘lsa, tamal toshidir. Islohotlarning boshlang‘ich maktabdan boshlangani ham bejiz emas edi. Chunki maktab qolgan barcha narsaning poydevori, u mukammal bo‘lmas ekan, millat taraqqiyoti haqida gapirish ham befoyda.

    Behbudiy “maktabimiz, do‘konimiz, korxonamiz, madrasamiz va har nimarsamizni zamoncha islohi lozimdur”, degan shior bilan islohotni maktabdan, aniqrog‘i boshlang‘ich maktabdan boshladi. Bu bejiz emas edi. Maktabni “taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur, har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas”, degan aqidani ilgari surgan turkistonlik jadidlar boshlang‘ich ta’limni ona tilida berishga mo‘ljallangan maktablarning umummilliy institutini yaratishga qaratilgan dasturni taklif etdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Behbudiy quyi va yuqori maktabning isloh etilishi, millatning isloh etilishiga olib kelishini ta’kidlar ekan, millatga “o‘qumoq, o‘qutmoq kerakdur, bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun”, deya murojaat qildi. Behbudiy millatning isloh etilishini umummilliy g‘oya deb bildi. Unga ko‘ra, millatni ulug‘lash, maqsadlarni yuqori ko‘tarish, millatning haqiqiy birligini ta’minlash – bu “umummilliy g‘oya”ning tub mohiyatini tashkil etadi. Mana Behbudiy taklif qilgan milliy g‘oya.

    Behbudiyning “umummilliy g‘oya”si targ‘iboti uchun milliy matbuot kerak edi. Jadidlar ana shunday matbuotga asos soldi. Jadid matbuoti tom ma’noda fikr almashish, ilg‘or g‘oya va fikrlarni targ‘ib qilish, bahslashish maydoniga aylandi. Jadid matbuoti demokratik qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan, fikrlar qarama-qarshiligini ko‘tara oladigan, ijtimoiy-siyosiy mavzularda tanqid qila oladigan matbuot edi. Birgina Behbudiyning “Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatish yo‘lida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir turli maqolalar e’lon qildi, bu yo‘nalishda keng bahslar uchun minbar vazifasini o‘tadi.

    Turkiston jadidchiligining yirik tadqiqotchilaridan biri Begali Qosimovning fikriga ko‘ra, Turkiston jadidlarining gazeta, xayriya jamiyatlari ta’sis etish, yangi usul maktablarini yoyish, teatr ishlari va boshqa barcha harakatlari bir milliy g‘oya uchun xizmat qildi. Uning ta’kidlashicha, har bir g‘oyaning milliy g‘oyaga aylanishi uchun ikki talabga javob berishi kerak: 1) g‘oya millatning haqiqiy ehtiyojidan, turmush tarzidan, asriy an’analaridan va albatta, imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak; 2) ushbu g‘oya millat tomonidan anglab yetilishi, boshqa so‘z bilan aytganda, milliylashtirilishi kerak, ya’ni g‘oya millatning har bir vakili yuragiga yetib borishi kerak.

    Behbudiy milliy g‘oyasining yana bir targ‘ibot quroli bu – adabiyot edi. Jadidlar buyuk Navoiy, Fuzuliy, Sa’diyni chuqur bilgani holda adabiyotni xalqqa, ommaga yaqinlashtirdi, uning tilida yozishga harakat qildi va bu ishni uddaladi. Bugungi kunda istalgan yetuk badiiy asarlar bilan bellasha oladigan Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” kabi ko‘plab asarlari shu tariqa paydo bo‘ldi. 1916-yilda Toshkentga kelib, Kolizeyda “Turon” truppasining qator spektakllarini ko‘rgan rus sharqshunosi A.N.Samoylovich bejizga: “Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Yangi adabiyotning markazi — Samarqand… Yosh qalamkashlarning bosh ilhomchisi samarqandlik muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiydir”, — deb yozmagan edi.

    Behbudiy boshliq barcha jadidlar xalqni isrofli tadbirlardan voz kechib, ularga sarf qilinadigan mablag‘ni milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida milliy kadrlar tayyorlash uchun davlat va xorijiy ta’lim muassasalarida yoshlarning tahsili uchun yo‘naltirishga da’vat etdi. Behbudiy bu harakatni umummilliy ishlar, oliy maqsadlar, xohishlar va intilishlar deb atadi. Oliy maqsadlar, xohish va intilishlarni amalga oshirish uchun esa iroda, aniqroq aytadigan bo‘lsak, siyosiy iroda kerak edi. Behbudiy XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi sifatida Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishidan 11 yil avval, 1906-yili “Turkiston milliy-madaniy muxtoriyati” loyihasini ishlab chiqqan va uni yuqori miqyosida muhokama qilinishi uchun Rossiya davlat Dumasiga yo‘llagan edi. Bu loyihada Behbudiy ta’lim-tarbiya, ayniqsa, yer masalasini qat’iy qo‘ydi va rus muhojirlarini ko‘chirib kelmaslik, hosildor yerlar mahalliy aholining ixtiyorida qolishi kerakligi haqida yozdi.

    Behbudiy o‘zining ma’naviy ustozi Ismoil Gasprinskiy kabi musulmonlarga siyosiy huquqlar berilishi mavjud muammoni hal qilmaydi, deb hisobladi. Unga ko‘ra, zamon tili bo‘lgan rus tili va mavjud qonunlarni bilmaslik va, eng asosiysi, musulmonlarning zamonaviy bilimlardan xabarsizligi qo‘lga kiritilgan barcha siyosiy huquqlarni yo‘qqa chiqaradi. Shunday ekan, Behbudiyning “haq olinur, berilmas... g‘ayrat ila olinur” degan chaqirig‘i, eng avvalo, millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmasligini anglatadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shu o‘rinda Behbudiyning jadidlarning yosh avlodi to‘g‘risidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli. Behbudiyga ko‘ra, jadidlarning yosh avlodi o‘rtasida g‘oyaviy jihatdan ixtilof bor edi. Aynan ana shu sabab xalq jadiddan yuz o‘girdi. Behbudiy yoshlarni tezroq o‘zaro kelishuv yo‘lini topishga va yo‘qotilgan xalq ishonchini qaytarishga chaqiradi. Chunki “umummilliy g‘oya” yo‘lida bir bo‘lib harakat qilmaslik millatning bo‘linishiga va ayrim umummilliy loyihalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib kelishi mumkin.

    Mahmudxo‘ja Behbudiy “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildi. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladi.

    Mahmudxo‘ja Behbudiy boshchilik qilgan Turkiston jadidchilik harakatining mintaqadagi munosib o‘rnini ko‘rsatish, jadidlar faoliyati va ijodini chuqur o‘rganish, keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va keng targ‘ib qilish maqsadida yetuk ma’rifatparvar, siyosatchi, adib, noshir, publitsist, jurnalist va qolaversa, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomi bilan ataladigan Jadid tadqiqotlari akademiyasini tashkil qilish vaqti keldi. Chunki jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy o‘zbek jamiyati va davlatchiligi shakllanishiga munosib hissa qo‘shdi. Jadidlarning boy ilmiy va ijodiy merosi bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, mustaqil fikrga ega hamda fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda o‘ta muhim va dolzarb. Shu sababdan ham Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Cho‘lponlarning g‘oyaviy merosi “biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak”.

    Muallif fikri tahiriryat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    21.01.2021, 11:12   Izoh (0)   91248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

    21.01.2021, 10:51

    DXX Qibrayda 460 gektar yer uchun 3,7 mln dollar so‘ragan shaxsni ushladi

    21.01.2021, 10:43

    “Norozilik kayfiyati kuchayib ketyapti. Bu kayfiyat butun jamiyatga tarqab ketsa, bizni dahshatli kelajak kutmoqda” — Rahmon Qo‘chqor

    21.01.2021, 10:11

    “Oyoq-qo‘llarimni bog‘lab qo‘yib, zo‘rlashdi”. Quvada 19 yoshli qizni uch kishi zo‘rlab nomusiga tekkani aytilmoqda

    21.01.2021, 09:45

    AQShning diniy erkinlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus elchisi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

    21.01.2021, 09:40

    O‘zbekistonda 2020-yilda ozodlikdan mahrum etilganlar soni ma’lum qilindi

    21.01.2021, 09:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.