• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Foto: Bahosi ikki yarim yashar bolaning umri va Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan videomurojaatga teng svetofor

    Yunusobodning Yunusota ko‘chasidagi ikki yarim yashar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga fojiadan salkam besh oy o‘tib svetofor o‘rnatildi. Buning uchun YTHda halok bo‘lgan bolakayning akasi Prezidentga videomurojaat yo‘llashiga ham to‘g‘ri keldi.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor.
    Foto: “Daryo”

    2020-yilning 24-avgust kuni voqeadan to‘rt kun avval Toshkent shahar IIBBdan bo‘shatilgan 36 yoshli Tohirxo‘ja Afzalov Cobalt avtomobilini mast holda katta tezlikda boshqarib, Yunusota ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tib borayotgan Gavhar Yusufxo‘jayeva va uning 2,5 yoshli Temurxon ismli o‘g‘lini urib yuborgan. Bolakay olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

    Hodisadan so‘ng Temurxonning otasi Yevgeniy Chexovskiy hodisa joyiga piyodalar o‘tish joyi belgisini o‘rnatishga qaror qilgan (YTHga qadar voqea joyida bunday belgi bo‘lmagan), shuningdek, Avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasi vakili yordamida piyodalar o‘tish joyidagi yo‘l belgilarini yangilagan.

    Yevgeniy Chexovskiy, shuningdek, uning rafiqasi Gavhar Yusufxo‘jayeva voqeadan so‘ng OAVga bergan intervyularida ushbu piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan. Halok bo‘lgan bolaning otasi shu maqsadda yaqin-atrofdagi uylarning aholisi bilan birgalikda imzo to‘plashni ham boshlagan.

    YTH oqibatida halok bo‘lgan Temurxonning otasi Yevgeniy Chexovskiy (suratda) o‘z sa’y-harakati bilan voqea joyidagi yo‘l belgisi va yo‘l chiziqlarini yangilagan.

    YTH oqibatida halok bo‘lgan Temurxonning otasi Yevgeniy Chexovskiy (suratda) o‘z sa’y-harakati bilan voqea joyidagi yo‘l belgisi va yo‘l chiziqlarini yangilagan.
    Foto: “Gazeta.uz”

    “Belgi shoxlar bilan to‘silgan edi. O‘sha shoxlarni kesib tashladik, belgini o‘rnatdik, o‘tish joyi chiziqlarini yangiladik. Biz vakolatimizga kirmaydigan ishni qildik, bunday qilmasligimiz kerak edi. Endi bu yerda tugma bilan jihozlangan svetofor qo‘yilishi uchun Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga xat tayyorlayapmiz. Odamlar xavfsiz tarzda yo‘lni kesib o‘tishlari uchun”, — degandi o‘shanda Yevgeniy Chexovskiy.

    Mavzuga doir: “Bolamni bo‘ynidan ushlab silkita boshladi”. Sobiq IIBB xodimi mashinada 2 yoshli bolani urib yuborgan hodisa tafsilotlari

    OAVdagi murojaatlar, xususan, “Toshkent” telekanali orqali berilgan tanqidiy ko‘rsatuvga qaramay, ikki yarim yashar bolakayning o‘limiga sabab bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatilmadi. Shundan so‘ng 19-yanvar kuni marhum Temurxonning akasi — Amirxonning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaati e’lon qilindi.

    “Hurmatli prezident-doda... Sizdan svetofor o‘rnatib berishingizni iltimos qilaman. Keksalar va bolalarning hayotini saqlab qoling”, — deb iltimos qilgan bolakay davlat rahbariga yo‘llagan ochiq videomurojaatida. Ushbu murojaatdan so‘ng 21-yanvar kuni Yunusota ko‘chasidagi mash’um piyodalar o‘tish joyida tugmali svetofor paydo bo‘ldi.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor. Maxsus tugma (suratda) bosilsa, svetoforning qizil chiroqlari yonadi.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor. Maxsus tugma (suratda) bosilsa, svetoforning qizil chiroqlari yonadi.
    Foto: “Daryo”

    Toshkentda piyodalar uchun xavfli, biroq svetofor bilan tartibga solinmagan o‘tish joylari o‘nlab topiladi. Ushbu piyodalar o‘tish joylarida yashovchi aholining qayta-qayta murojaatlariga qaramay, mahalliy vakolatli organlar ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermagunicha yoki ushbu holat yuzasidan bevosita davlat rahbarining o‘ziga murojaat yo‘llanmagunicha chora ko‘rmaydi.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor.

    Toshkentning Yunusota ko‘chasidagi, ikki yarim yoshli Temurxon Chexovskiy halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan svetofor.
    Foto: “Daryo”

    Shunga o‘xshash hodisa 2018-yil iyulida Toshkentning Abdulla Qodiriy—Mahatma Gandi ko‘chalari kesishmasida yuz bergan edi. 20-iyul kuni ushbu chorrahadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tib borayotgan aktrisa Farangiz Rejametovani katta tezlikda harakatlanib kelgan Mercedes avtomobili urib yuborgan, aktrisa vafot etgan. Ushbu hodisadan 10 kun o‘tib chorrahaga svetoforlar o‘rnatilgan edi. Keyinroq ushbu svetoforlarni o‘rnatish haqidagi buyruq fojiadan 16 kun avval chiqarilgani ma’lum bo‘lgan edi.

    21.01.2021, 22:46   Izoh (0)   60797
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda farzandlarini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan ota qamoqqa olindi

    21.01.2021, 22:27

    Andijonda o‘zini AOKA xodimi deb tanishtirgan shaxslar bog‘cha mudirasidan 200 ming so‘m pora olayotganida ushlandi

    21.01.2021, 22:12

    Shavkat Mirziyoyev Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi

    21.01.2021, 21:56

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarga vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar 1-yanvardan to‘lanishi ma’lum qilindi

    21.01.2021, 21:12

    Samarqandda bir gektar yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘ragan hokimlik xodimi qo‘lga olindi

    21.01.2021, 20:21

    Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Varnet” agrosanoat majmuasiga tashrif buyurdi

    21.01.2021, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.