Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblangan 25 yoshli Farangizni Ekopark yaqinida mashina urib ketgan.

Shohira Hamroning ma’lum qilishicha, Farangiz 21-iyul kuni soat 13:00 da so‘nggi yo‘lga kuzatiladi.