Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da 20-yanvar, chorshanba kuni UFC Fight Island 8 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Asosiy karddan o‘rin olgan janglarning birida mutlaq yengil vazn toifasi vakillari Tayson Nem (20-12-1) va Mett Shnell (15-5) o‘zaro to‘qnash keldi. Jang davomida ikkinchi raqam ostida harakat qilgan Shnell yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Shu tariqa Tayson 2020-yildagi ketma-ket ikki g‘alabadan keyin mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Jang videosini ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin — VIDEO.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarruh Adashev UFC’dagi debyut jangini aynan Nemga qarshi o‘tkazgan va birinchi raundning 32-soniyasidayoq nokautga uchragandi.

Adashev mazkur UFC oqshomida promoushendagi ikkinchi jangini o‘tkazdi va unda xitoylik Su Mudaerjiga yutqazib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)