• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh federal hukumati 68 yil ichida birinchi marta ayol kishini qatl etdi. U homilador ayolni o‘ldirib, uning bolasini o‘ziniki qilib ko‘rsatgan

    AQShning Indiana shtati Terre-Xot shahri qamoqxonasida homilador ayolni o‘ldirib, uning bolasini o‘g‘irlaganlik uchun hukm qilingan 52 yoshli Liza Montgomeri qatl qilindi, deb yozadi Meduza. Unga o‘limga olib keluvchi inyeksiya qilindi. Qatldan avval Montgomeriga so‘nggi gapini aytish imkoniyati berildi. U bundan bosh tortdi.

    Liza Montgomerining uning advokatlari tomonidan taqdim etilgan surati

    Liza Montgomerining uning advokatlari tomonidan taqdim etilgan surati
    Foto: Reuters

    Liza Montgomeri — 1900-yildan buyon AQSh federal hukumati tomonidan qatl qilingan uchinchi ayol. Federal darajadagi avvalgi qatllar 1953-yildayoq amalga oshirilgan. O‘shanda biryo‘la ikki ayol — Bonni Braun Xedi (avtomobil magnatining o‘g‘lini o‘g‘irlaganlik va o‘ldirganlik uchun) va Etel Rozenberg (Sobiq ittifoq foydasiga josuslik uchun) qatl etilgan. Ayollarning shtatlar darajasida qatl qilinishi 1953-yildan keyin ham yuz bergan. Ularning so‘nggisi 2015-yilda amalga oshirilgan; erining o‘ldirib ketilishini uyushtirganligi uchun o‘limga mahkum qilingan Kelli Gissendaner qatl etilgan edi. Federal darajadagi o‘lim jazolari 2020-yilning iyulida 17 yillik tanaffusdan keyin qayta boshlandi.

    Liza Montgomeri homilador ayolning bolasini uning qornidan chiqarib olgan. Va uni o‘z bolasi deb ko‘rsatgan

    2004-yilda kanzaslik Liza Montgomeri internet orqali 23 yoshli missurilik Bobbi Jo Stinnett bilan bog‘langan. Ular itsevarlar forumi orqali tanish bo‘lib, u yerda Stinnett farzand kutayotgani haqida yozgandi. Liza Bobbi Joga o‘zini boshqa ism bilan tanishtirib, kuchukcha sotib olish bahonasida uning uyiga kelgan. U o‘sha paytda 8 oylik homilador bo‘lgan Bobbi Joni bo‘g‘a boshlagan. So‘ng Montgomeri uning qornini pichoq bilan kesib, bolani chiqarib olgan. Oradan bir necha soat o‘tib, uyiga onasi kelgan vaqtda Bobbi Jo hali tirik bo‘lgan, ammo u kasalxonada vafot etgan.

    Liza Kanzasga qaytib kelib, eri Kevinga qiz farzand tug‘ganini aytgan. Bundan avval u turmush o‘rtog‘iga homiladorligini aytgani uchun erkak chaqaloqning o‘z farzandlari ekanligiga ishongan. Liza qizchani qo‘shnilariga ham ko‘rsatgan, ularni ham homiladorligiga ishontirgan edi. Ayol jinoyatdan keyin bir sutka o‘tib qo‘lga olingan. O‘g‘irlangan qizcha tirik qolgan. Uni otasiga qaytarishgan. Viktoriya Jo hozir 16 yoshda. U onasining o‘limi haqida omma oldida hech qachon gapirmagan.

    Montgomeri bir necha marta o‘zini yolg‘ondan homilador qilib ko‘rsatgan. Sobiq eri undan farzandlarini olib qo‘yish uchun shuni dalil qilib keltirmoqchi bo‘lgan

    Sudda Kevin Montgomeri avvalgi turmushidan to‘rt farzandni dunyoga keltirgan xotini uch marta unga homilador ekanligini aytgan (birinchi ikki holatda go‘yoki salomatligi tufayli abort qildirishiga to‘g‘ri kelgan). Ammo Lizaning sobiq eri Karl Boman aslida u farzand ko‘ra olmasligini ma’lum qilgan: to‘rtinchi tug‘ruqdan keyin u sterilizatsiya qilingan.

    Karlning so‘zlariga ko‘ra, Liza nafaqat Kevin bilan turmushi davrida, balki u bilan nikohda bo‘lgan paytda ham o‘zini homilador qilib ko‘rsatgan, ammo u Kevindan farqli ravishda sterilizatsiyadan xabardor bo‘lgan. Ajrashganidan keyin Karl to‘rt farzandining ikkisi ustidan vasiylikni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan va shu maqsadda sudda unga qarshi dalil sifatida sobiq xotinining soxta homiladorliklaridan foydalanmoqchi bo‘lgan. Liza bu rejalar haqida bilgan. Karlning so‘zlariga ko‘ra, qotillikdan biroz avval Liza unga qo‘ng‘iroq qilib, “uning nohaqligini isbotlashga” va’da bergan.

    Ayblov tomoni Liza aqli raso holda jinoyatni rejalashtirganini, xususan, internetda kesarcha kesishni qanday amalga oshirish haqida ma’lumot qidirganini ta’kidlab, u uchun o‘lim jazosini talab qildi. Himoya tomoni esa sudlanuvchi bolaligidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani, shu sababli unda soxta homiladorlik sindromi (psevdotsiyez) rivojlanganini qayd etib, umrbod qamoq jazosini so‘radi. Ularning dalillari sud maslahatchilarini ishontira olmadi va ular o‘lim jazosini qo‘llab-quvvatladi.

    Montgomeri bolaligidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. O‘gay otasi uni zo‘rlagan, onasi esa fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan

    Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, Lizaning onasi Judi Shonessi homiladorlik paytida spirtli ichimliklar ichgan. Qiz uch yoshligida otasi ularni tashlab ketgan. U to‘rtga to‘lganida sakkiz yoshli opasi Dianani vasiylik organlari olib ketgan: u Judining do‘stlaridan biri tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Liza onasi bilan qolgan, u qizchaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan — masalan, u yotog‘ini ho‘llab qo‘ysa, sovuq suvda cho‘milishga majbur qilgan, ovozini o‘chirish uchun esa uning og‘zini skotch bilan yelimlab tashlagan.

    13 yoshlarida Lizani piyonista o‘gay otasi Jek Kleyner zo‘rlashni boshlagan. Shuningdek, uni o‘gay otasining do‘stlari ham zo‘rlagan. Kleyner Lizani unga bo‘ysunmasa, singlisi Pettini zo‘rlash bilan; agar kimgadir aytib bersa, butun oilasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. Liza 15 yoshligida onasi elektrik va santexniklarning xizmat haqi o‘rniga ularga Lizani jinsiy maqsadlarda taklif qiladigan bo‘lgan.

    Boshlang‘ich maktabda Liza a’lo baholarga o‘qirdi, ammo keyinroq u alohida ehtiyojli bolalar sinfiga o‘tkazildi. Maktabni bitirganidan keyin u armiyaga ketmoqchi edi, biroq 18 yoshida 25 yoshli Karl Bomanga turmushga chiqdi. U Lizaning onasining to‘rtinchi erining o‘g‘li bo‘lib, unga o‘gay aka hisoblanardi. Karlga turmushga chiqishga uni o‘z onasi undagan, keyin esa Karl uni do‘pposlab, zo‘ravonlik qila boshlagan. 23-yoshga to‘lgunicha Liza to‘rt marta farzand ko‘rdi. 1990-yilda u sterilizatsiya qilindi (himoya tomoniga ko‘ra, onasi va erining undovi bilan).

    Keyinroq Karl va Liza ajrashdi va u ikkinchi marta turmush qurdi. Ikkinchi eri Kevin Montgomeri birinchisi kabi shafqatsiz bo‘lmasa-da, baribir unga jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazgan. Liza bolalari tug‘ilganidan keyin ko‘p ichishni boshlagan va ularga g‘amxo‘rlik qila olmagan. O‘zi haqida ham qayg‘urmagan va bitlab ketgan.

    O‘lim jazosi hukmi chiqarilganidan keyin Liza bilan ishlashni boshlagan advokatlarning ta’kidlashicha, doimiy zo‘ravonlik ortidan unda ruhiy va asabiy buzilishlar yuzaga kelgan. U nima o‘ngida, nima tushida bo‘layotganini qiyinchilik bilan fahmlardi, o‘z tanasini his qilolmasdi, o‘z impulslarini nazorat qila olmasdi. Qotillik uning ruhiy buzilishidagi kulminatsion nuqta bo‘ldi. Advokatlarning qat’iy qayd etishicha, uning opasini olib ketgan vasiylik organlari ham, kir-chir va yirtiq kiyimda borgan maktab ham, o‘gay otasi tomonidan zo‘rlangani haqida gapirib bergan politsiyachi qarindoshi ham Lizani himoya qila olmagan. Bundan tashqari, advokatlar boshidan Liza amalga oshirgan jinoyatdagi uning travmalari roliga yetarlicha baho bermagan hamkasblarini qattiq tanqid qildi. Himoya tomoni, shuningdek qayd etishicha, AQShda so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida chaqaloqlarni o‘g‘irlaganlik uchun sudlangan ayollarning hech biri shu paytgacha o‘limga hukm qilinmagan edi.

    Montgomerining himoyasi sudlanuvchi o‘zining qatl qilinishini anglamasligini ta’kidlagan holda o‘lim jazosining bekor qilinishiga erishmoqchi edi

    So‘nggi vaqtlarda Lizaning advokatlari u boshidan kechirgan zo‘ravonliklar tufayli ruhiy xasta ekanligi va uni qatl qilishlarini anglashga qodir emasligida turib olib, qatl jazosini bekor qilishga urinayotgan edi. Advokatlar va mingdan ortiq faollar amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampdan Lizaga nisbatan jazoni yumshatishni so‘radi, Inson huquqlari bo‘yicha amerikalararo komissiya esa qatlni keyinga qoldirishni taklif qildi. Ammo komissiya qarorlari yuridik kuchga ega emas, Tramp esa murojaatga javob bermadi.

    Lizaning qatli dekabrga belgilangan edi, biroq sudlanuvchining ikki advokati koronavirusga chalingani uchun u kechiktirildi. Hukm ijro qilinishidan oldingi kunlarda Lizaning himoyasi bir nechta sudlarda qatl kechiktirilishiga erishdi. Lekin AQSh Oliy sudi bu kechiktirishni bekor qildi. Sudlanuvchining advokati Kelli Genri o‘z mijozining qatlini sharmandalik deb atadi: “Konstitutsiyamiz qatlni fahmlashga qodir bo‘lmagan odamni qatl qilishni taqiqlaydi”.

    15.01.2021, 06:37   Izoh (0)   36366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga qarshi emlanayotgan prezidentlar, polda yotgan harbiylar, mafiya bo‘yicha eng katta sud. 14-yanvar suratlari

    14.01.2021, 23:56

    “Trampning akkaunti bloklanishi to‘g‘ri qaror edi, ammo bu xavfli muhit yaratdi” — Twitter rahbari Jek Dorsi

    14.01.2021, 23:27

    Turkiya prezidenti jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi

    14.01.2021, 22:43

    Turkiya aholisini Xitoyning Sinovac vaksinasi bilan emlashni boshladi

    14.01.2021, 22:28

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezident uchun 20 yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi

    14.01.2021, 21:26

    Navalniy Rossiyada 29-dekabrdan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum qilindi

    14.01.2021, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.