“Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi turinliklarning “Jenoa” hujumchilari Eldor Shomurodov va Janluka Skamakkaga bo‘lgan qiziqishi haqida chiqqan xabarlarga munosabat bildirdi.
Foto: Twitter
“Avval aytganimdek bizning tarkib raqobatbardosh.
Agar bozorda foydali variantlar bo‘lsa, biz undan foydalanamiz. Agar bo‘lmasa, u holda shoshishning hojati yo‘q”, — deydi Paratichi.
Avvalroq Tuttosport nashri “Yuventus” o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgani va unga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qarayotgani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga doir:
- “Jenoa” A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?
- Ilyos Zeytullayev: “Yuventus”ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim
- La Gazzetta dello Sport: “Jenoa” o‘z Eldor’adosini topdi
- Shomurodovning otasi: Eldor “Jenoa”ning yaxshi va yomon kunini ko‘proq ko‘rishi kerak
“Jenoa” Eldor Shomurodov transferini 2020-yil 4-oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun “Rostov”ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.
O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!