Daryo

La Gazzetta dello Sport: “Jenoa” o‘z Eldor’adosini topdi

Italiya mashhur gazetasining bitta sahifasi o‘zbekistonlik hujumchiga bag‘ishlandi

1 daqiqa o‘qish83 424 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri La Gazzetta dello Sport gazetasining bitta sahifasi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga bag‘ishlandi.

Foto: Getty Images

“‘Jenoa’ o‘z Eldor...adosini topdi” kabi so‘zlar bilan boshlangan maqolada Shomurodov haqida batafsil ma’lumot berib o‘tilgan.

Materialda Eldorning ijtimoiy tarmoqda faolligi, Instagram’da 133 ming obunachisi borligi ta’kidlangan. Shuningdek, “Jenoa”ning o‘yinlari so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston va Rossiyada qiziqishga sabab bo‘layotgani aytilgan.

“Eldor ligada jon saqlashga urinayotgan genuyaliklarning so‘nggi umidi va yorqin kelajagi”, — deyiladi maqolada.

Maqolada O‘zbekiston haqida umumiy ma’lumotlar, Shomurodovning sobiq klublari va uning “Jenoa”dagi statistikasiga ham e’tibor qaratilgan.

Foto: Instagram

O‘FA mediya bo‘limi boshlig‘i va futbol sharhlovchisi Davron Fayziyevning xabar qilishicha, La Gazzetta dello Sport O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan bog‘lanish va undan Shomurodov borasida fikr olish borasida O‘FAga murojaat qilgan.

Eldorado — xazinalarga boy afsonaviy shahar. Mavzuga doir: Qayd etish joiz, “Jenoa” Eldor Shomurodov transferini 2020-yil 4-oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun “Rostov”ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi. O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.