Daryo

Ilyos Zeytullayev: “Yuventus”ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim

“Yuventus” sobiq futbolchisi Zeytullayev Shomurodovning turinliklar jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

2 daqiqa o‘qish59 648 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Match TV”

“Yuventus” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning turinliklar jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi, deya xabar qilmoqda “Match TV”.

Foto: “Match TV”
Bu xabarni eshitib juda xursand bo‘ldim, chunki bu O‘zbekiston uchun muhim. Bizning futbolchilarga dunyoning top-klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqidagi yangiliklar har kuni ham yangrayvermaydi.

Hamyurtim, umuman olganda chet ellik istalgan futbolchining Italiya chempionatiga o‘tishi, buning ustiga unga moslasha olishi naqadar qiyinligini juda yaxshi tasavvur qilaman.

Eldorga har qanday qiyinchilikka qaramay har bir mashg‘ulot va o‘yinda o‘zini ko‘rsata olishini tilayman. Shukurki, hozir u bu ishni uddalamoqda — so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi ko‘rinmoqda: jismoniy va ruhiy tomondan yaxshi formada, u haqida yaxshi gaplar aytilmoqda.

Men ekspert va insayder emasman, biroq o‘zimni tajribamdan kelib chiqib gapirsam, hayotda hamma narsa bo‘ladi. Menimcha, “Yuventus” haqida ma’lumot tashqariga chiqdimi, demak, qiziqish haqiqatdan ham mavjud. Axir klub Morataga o‘rinbosar qidirmoqda.

A Seriya yetakchi klublari darajasiga chiqa oladimi? Eldor — juda iqtidorli o‘yinchi va shu darajani ko‘rsatishda davom etsa, u holda buning uchun barcha imkoniyatga ega.

Hozir “Jenoa”ga o‘rnashib olish muhim, yaxshi futbol namoyish qilishda davom etish kerak. Nasib qilsa “Latsio”, “Milan”, “Inter” yoki “Yuventus”dan qiziqish bo‘lib qoladi.

Shaxsiy fikrimcha, Eldorga grandlardan bo‘layotgan qiziqishga avvalo futbolchining o‘zi sababchi. Senda eng yaxshi agentlar bo‘lishi mumkin, biroq futbol o‘ynashni bilmasang, ular senga yordam bera olmaydi — agentlar sening o‘rningga maydonga chiqmaydi.

Ilyos Zeytullayev, sobiq futbolchi
Zeytullayev futbolchilik faoliyati mobaynida A Seriyada ikkita o‘yin o‘tkazgan (2005-yil “Rejina” safida). Undan avval “Yuventus” yoshlar jamoasida harakat qilgan. Mavzuga doir: Qayd etish joiz, “Jenoa” Eldor Shomurodov transferini 2020-yil 4-oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun “Rostov”ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi. O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.