Aksariyat ayollar to‘y marosimlariga, tug‘ilgan kun bazmlariga, albatta, pardoz qilib boradi. Buning uchun ko‘proq go‘zallik salonlari xizmatidan foydalanadi. Biroq makiyaj paytida masterning qanday kosmetik vositalarni ishlatayotganiga ahamiyat bermay, katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Boisi boshqa mijozlarga ishlatilgan kist, lab bo‘yog‘i va tushlardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Taniqli vizajist Yulduz Rajabova soch va yuz parvarishi borasida ayollar har kuni yo‘l qo‘yadigan xatolar haqida aytib o‘tdi.

Skrin: YouTube

Tushdan foydalanayotganda uning og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib oling

Odatda ko‘pchilik opa-singillarimiz tush ishlatishdan oldin uning cho‘tkasini bir necha bor bosim bilan kirgizib chiqaradi. Hech qachon tushni bunday ishlatish mumkin emas. Chunki tushning ichiga havo kirib, uning sifati tez buzilishiga olib keladi.

Skrin: YouTube

Foydalanishdan oldin cho‘tkani shunchaki bir marta yengil aylantirib oling va ishlatayotganda tush og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib turing. Tushga qanchalik kam havo kirsa, u shunchalik ko‘p vaqt sizga xizmat qiladi.

Sochingizni to‘g‘ri quritishni o‘rganing

Aksariyat ayollarimiz odatda fendan foydalanayotganda sochlarini pastdan boshlab quritishni boshlaydi. Ammo sochga past qismidan issiq havo berish uning chigallashishiga va palapartish qurishiga olib keladi.

Skrin: YouTube

Shuning uchun fenda sochlarimizning tepasidan pastga qarab, qo‘llarimiz bilan silab quritishimiz kerak. Shu holatdagi sochlar shishib ham ketmaydi, chigal ham bo‘lmaydi.

Skrin: YouTube

Yuz upasidan kunda bir marotaba foydalaning

Ko‘pchilik opa-singillarimiz kun davomida yuz upasidan bir necha marotaba foydalanishadi. Uni ustma-ust surtish to‘g‘ri emas. Sababi mazkur kosmetik vositadan pardozdan so‘nggina foydalangan ma’qul. Qolgan vaqt uni takror ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Skrin: YouTube

 Sochlaringizni uzunligi bo‘ylab taramang

Skrin: YouTube

Ko‘pchilik ayollarimiz sochni tepa qismdan boshlab taraydi. Afsuski, bunday usulda tarash sochlarning tez sinishiga va gullashiga olib keladi. Shuning uchun sochni uchidan boshlab, chigallarini yechib tarash lozim. Bu usulda taralgan sochlarga shikast yetmay, tez o‘sadi.

Skrin: YouTube

 Soch yuvganingizda, albatta, soch balzamidan foydalaning

Aksariyat opa-singillarimiz “Sochimni o‘zim turmaklayman. Ammo sochlarimning uchi dag‘al, jonsiz, quruq bo‘lib qolgan. Bitta ro‘mol taqib yoki sviter kiyib yechsam, sochlarim to‘zib ketadi”, deyishadi.

Skrin: YouTube

Bunday muammolarga duch kelmaslik uchun har sochingizni yuvganingizdan so‘ng, albatta, balzamdan foydalaning. Lekin ba’zi ayollarimiz sochimga balzam surmayman, chunki to‘kiladi deydi. Agar balzam soch ildiziga emas, uchlariga surilsa, turmaklar chiroyli chiqadi.

Pardoz vaqtida ishlatilayotgan kosmetik vositalarga e’tiborli bo‘ling

Aksariyat ayollarimiz to‘y marosimlariga, tug‘ilgan kun bazmlariga, albatta, pardoz qilishadi. Buning uchun ko‘proq go‘zallik salonlaridagi masterlar xizmatidan foydalanadi. Biroq makiyaj paytida masterning qanday kosmetik vositalarni ishlatayotganiga ahamiyat bermaydi.

Skrin: YouTube

Yuzingiz avvalo o‘zingizga kerak. Shuning uchun pardozchining ishlatayotgan har bir kosmetik vositasiga e’tiborli bo‘lish kerak, misol uchun, lab qalami. Master sizni labingizga ishlatishdan oldin uni, albatta, uchlab olishi shart. Sababi sizdan oldingi mijozning labidagi infeksiyalar qalamning uchida qolgan bo‘lishi mumkin. Har doim lab qalamidan uchlab foydalanishni unutmang.

Skrin: YouTube

 Lab bo‘yog‘i yangi cho‘tka bilan surilishi kerak

Skrin: YouTube

Bu xatolik ham aynan kosmetik vositalar bilan bog‘lik. Go‘zallik salonida vizajist sizga lab bo‘yog‘ini cho‘tkasida surtmasligi kerak. Chunki yuqorida aytganimdek, sizdan oldingi mijozga uni surtgan bo‘lsa, mikrob cho‘tkada qolib ketadi va bu sizga o‘tishi mumkin. Shuning uchun lab bo‘yog‘ini surishdan oldin uni temir yuzaga chiqarib, yangi kist yordamida surishi lozim.

Skrin: YouTube

Hech qachon dugonangizning tush yoki ko‘z uchun mo‘ljallangan qalamlaridan foydalanmang.

Skrin: YouTube

Aynan shu kosmetika vositalarida ko‘z va kipriklarda bo‘ladigan infeksiyalar saqlanib qolishi va ishlatgan vaqtingizda sizga o‘tishi mumkin.

Skrin: YouTube

So‘nggi xatolik qosh bo‘yash bilan bog‘lik. Ko‘pchilik ayollarimiz qoshlarini barcha qismini bir xil rangga bo‘yab oladi. Lekin chetdan qaraganda bu juda xunuk ko‘rinadi. Shuning uchun qoshning oldi qismi sal ochroq, keyingi qismlari esa to‘qlashib borishi kerak.

Skrin: YouTube