“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand Bundesligadagi jami gollari sonini 25 taga yetkazib oldi.

Foto: Getty Images

Ushbu natijaga 20 yoshli futbolchi 25 ta o‘yinda erishdi. Bu orqali norvegiyalik vunderkind top-5 ligalarda 25 ta gol urish borasida XXI asrdagi eng tezkor natijani qayd etdi. Bu borada Holand Zlatan Ibragimovich (PSJ safida) va Kevin Fillipsning (“Sanderlend”) rekordini yangiladi.

Quyida top-5 ligalar klubida dastlabki 25 ta golni urishga eng kam o‘yin sarflagan futbolchilar top-10 ligi bilan tanishing:

  1. Erling Holand (“Borussiya D”) — 25 ta o‘yin
  2. Zlatan Ibragimovich (PSJ) — 26
  3. Kevin Fillips (“Sanderlend”) — 26
  4. Neymar (PSJ) — 27
  5. Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”) — 27
  6. Diyego Milito (“Jenoa” / “Inter”) — 33
  7. Andrey Shevchenko (“Milan”) — 33
  8. Luka Toni (“Bavariya”) — 33
  9. Aryen Robben (“Bavariya”) — 34
  10. Fernando Torres (“Liverpul”) — 34

Foto: Transfermarkt

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!