Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyat joyidan qochishning eng bema’ni urinishi tasvirlangan video tarqaldi. O‘g‘ri o‘zining Toyota Yaris’ida sekingina qochib ketishga uringan, biroq qor uyumiga tiqilib qolgan, deb xabar beradi CARakoom.

Kadr: YouTube

Ma’lumotlarga ko‘ra, kulgili jinoyat hodisasi Toronto yaqinida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs o‘zganing uyi qanoti qismida qoldirib ketilgan buyumlarni ko‘rib qolib, uni olib ketishga uringan. Yigit uy egalari tomonidan mahkamlab qo‘yilgan buyumlarni tortib, Yaris’ida qochishga uringan. Biroq barchasi rejalashtirilganidek oson kechmagan.

Voqea joyidan tezkor qochishga uringan jinoyatchi orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oynaga qaramasdan mashinani yo‘l chetidagi qor uyumiga borib urgan. Natijada mashinaning orqa qismi qorga tiqilib qolib, joyidan qimirlamagan.

Jinoyatchi bu kabi vaziyatda ham taslim bo‘lmasdan, mashinadan tushib, uni itarishga uringan. Bu ham kutilganidek natija bermagan. Video ostiga yozilgan izohlarga ko‘ra, yigitcha qo‘lga olingan.

Avvalroq amerikalik askar avtomat uzatmalar qutisi sabab Mercedes-Benz’ni o‘g‘irlab keta olmagan edi.