Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaliforniyadagi savdo markazining avtoturargohida mashina o‘g‘risi noodatiy tarzda qo‘lga olindi. Mashina egasi o‘zining Tesla Model 3’ida o‘tirganida Charli Smit ismli erkak elektrokar eshigini ochib, unga salondan tushishni buyurgan. Tesla egasi qarshilik ko‘rsatmagan, biroq mashina joyidan qo‘zg‘algach, u elektrodvigatelni o‘chirib qo‘ygan va mashina eshiklarini qulflagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Tesla egasi buni elektrokarni masofadan turib boshqarish imkonini beradigan mobil ilova orqali amalga oshirgan. Politsiya voqea joyiga yetib kelib, salon ichidan chiqishga urinayotgan o‘g‘rini qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, erkak mast holda bo‘lgan. Jinoyatchiga mashina o‘g‘irlashga urinish ayblovi qo‘yilgan va u hibsga olingan.

Tesla mobil ilovasi elektrodvigatelni ishini boshqarish va eshiklarni qulflab qo‘yishdan tashqari smartfon yordamida avtomobilni geolokatsiya orqali aniqlash, real vaqtda quvvat miqdorini tekshirish, shuningdek, Tesla o‘z egasining oldiga kelishi uchun avtopilotni yoqish kabi funksiyalarga ega.

Tesla Model 3 2016-yilda taqdim etilgan bo‘lib, markaning ilk sedani hisoblanadi. Elektromobilga 258-462 ot kuchiga ega elektrodvigatel o‘rnatish mumkin. Mashina 100 km/soatga 3,5 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi 260 km/soat. Modelning o‘rtacha narxi 63 ming dollarga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi
Mahalliy
Turkiyada 22 yoshli o‘zbek fuqarosi vatandoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi