Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

2019/20-yilgi mavsumni Olmaliqning OKMK klubida o‘tkazgan himoyachi Akmal Shorahmedov “Sports.uz” bilan suhbatda JCh—2014 musobaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi avtogoli haqida gapirdi.

Foto: Getty Images
Futbolchi va sportchilar ruhiy tomondan kuchli bo‘lishi kerak. Masalan, “Paxtakor” futbolchisi “Navbahor” muxlislariga yoqmasligi mumkin, “Navbahor” o‘yinchisi esa “Paxtakor” yoki “Andijon” ishqiboziga yoqmasligi mumkin. Bu odatiy hol, har doim kimgadir yoqasan yoki aksincha. O‘sha golga kelsak, bu futbolda uchrab turadigan holat. Har o‘yinda kimdir kimgadir gol uradi. O‘sha paytni eslasak, to‘p oshirilganida boshimni olib qochmayman-ku, ortimdagi raqib gol urishi uchun. Har qanday himoyachi har bir vaziyatda to‘pni chiqarib yuborishga harakat qiladi.

Shu kabi holatlarda esa to‘p kutilmaganda o‘z darvozasiga kirib ketishi mumkin. Agar o‘shanda to‘p uzatilganida men boshimni olib qochsam, buni odamlar qanday tushunishardi? To‘pdan o‘zimni olib qochdim ham deylik, ammo raqib baribir gol urib ketadi, axir bu bir xil holat-ku. Shuning uchun futbolni tushunadigan odamlar bu haqida bir marta ham gapirishmaydi. Nimanidir sabab qiladiganlar esa doim gapiraveradi. Yutqazsa hakam yoki boshqasi aybdor bo‘ladi.

Biz o‘shanda Tojikiston yoki Turkmanistonga emas, Janubiy Koreya maydonida yutqazdik. Koreya o‘yinchilari esa har tomonlama O‘zbekiston chempionati vakillaridan kuchliroq. Mana, Oleg Zoteyevdan (Zoteyev Koreyaning quyi ligasida ishtirok etadigan “Chonnam” klubi safida to‘p suradi — “Daryo”) Janubiy Koreya birinchi ligasining saviyasini so‘rasangiz qanaqa farq qilishini aytib beradi.

Akmal Shoraxmedov, futbolchi

O‘zbekiston terma jamoasi 2014-yilgi Jahon Chempionati saralashining 4-bosqichida Eron, Janubiy Koreya, Qatar va Livan jamoalari bilan birga A guruhidan joy oladi va yakunda 3-o‘rin bilan guruhda qolib ketadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Janubiy Koreya va O‘zbekiston jamoalarining ochkolari teng bo‘lsa-da, to‘plar nisbati tufayli mundial yo‘llanmasi koreyslarga nasib etadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoaga atigi bitta to‘p farqi yetmaydi.

Ma’lumot uchun, Akmal Shorahmedov OKMKdan tashqari “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Paxtakor” kabi jamoalarda to‘p surgan. Hozirda Akmalning “konchilar” bilan shartnomasi nihoyasiga yetgan va u erkin agent maqomida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi