Ayollar go‘zalligining bir qismi bo‘lgan manikyur har yili yangi ko‘rinishi bilan urfga kiradi. 2021-yil qish mavsumida turli xil ranglar uyg‘unligida tirnoqlarga oro berish mumkin.
Ko‘pchilik ushbu mavsumda tirnoqlarga gel-lak bilan bezak berishni afzal ko‘radi. Shuningdek, ushbu usul orqali turli xil tasvirlarni yaratish juda oson.
Tirnoqlarga bezak berishning yana bir oddiy usuli yaltiroq va toshlardan foydalanishdir. Mazkur bezaklar barmoqlarni yanada uzun va nafis ko‘rsatadi.
Yangi yilga mos manikyurni qor parchalarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu kabi manikyur hech qachon urfda qolmaydi va har yili qish mavsumida yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Biroz to‘q ranglardan foydalanish qo‘rqmaslik kerak, ularni imkon qadar och yorqin rang bilan uyg‘unlashtirish ham mumkin.
Bu kabi muz tasviri qish mavsumi uchun juda mos keladi.
Izoh (0)