Xonanda Sardor Mamadaliyevning onasi olamdan o‘tdi. Bu haqda Sardor Mamadaliyev Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Onajon joyingiz jannatda bo‘lsin! So‘nggi manzilga kuzatganimizga 2 kun bo‘ldi-yu, lekin nazarimda 2 kunmas 20 yildan beri ko‘rmagandekman. Faqat shirin xotiralar qoldi, sizni juda sog‘indim, ona”, — deb yozadi xonanda.