• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “San’atni tushunish uchun odamning qorni to‘q bo‘lishi kerak”. Mahsulotlarining 95 foizini xorijga sotadigan kulol Tohirjon Haydarov hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni – 34 yildan buyon kulolchilik qilib  kelayotgan Tohirjon Haydarov.

    Tohirjon Haydarov 59 yoshda. Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda xususiy uy muzeyini tashkil qilgan. 34 yildan buyon kulolchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Karikaturachilikdan kulollikkacha

    Menda hech qachon kelajakda kulol bo‘laman, degan niyat bo‘lmagan. Shunchaki rasm chizishni yaxshi ko‘rardim. Ko‘p yillar tumanimizdagi kutubxonada rassom bo‘lib ishlaganman. Keyinroq “Mushtum” jurnalining Farg‘onadagi muxbiri sifatida faoliyat yuritganman. U paytlar jurnalni hamma bilardi, o‘qirdi. Nashr uchun siyosiy hajviy rasmlar, karikaturalar chizib berardim.

    Keyinroq kulolchilikka qiziqib qolib, 26 yoshimda ilk asarimni yaratganman. Mana o‘sha kunlarga ham 34 yil bo‘libdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hunarmand bir kunda mashhur bo‘lib qolmaydi

    Kulolchilik, rassomlik yo‘nalishlaridagi ijodkor yillar davomida asarlar yaratib taniladi. Misol uchun, bir yilda minglab rassom oliygohni bitirarkan. Har yili hech yo‘q bitta rassom tanilib chiqmayapti-ku.

    Qachon hunarmand mashhur bo‘ladi? Qachonki yangilik yaratsa... Men ham o‘zimga xos uslub yaratdim. Ignada miniatyura chizishni boshladim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bitta asarni yaratish uchun yillab vaqt ketadi

    Yuqorida aytganimdek, har bir epizod ignada chiziladi. Bitta asar takror yaratilmaydi. Shu bois g‘oya uchun ba’zan yillab vaqt kerak bo‘ladi. Masalan, “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli asarimni yaratish uchun to‘qqiz oy vaqtim ketgan. Rasmni chizib qo‘yganman, lekin shoh va shoirga mos shakl topolmay yuraverganman.

    Bitta asar yaratish uchun ba’zan 4-5 nusxasini tayyorlaymiz, lekin tandirdan butun chiqadi. Chetlari pichoq bilan kesilgani uchun ayrimlari salga ko‘chib ketadi. Xullas, siz ko‘rib turgan chiroyli ishlar ortida anchagina mashaqqatli mehnat bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    3 ming dollarga sotilmagan asar

    Shunday vaqtlar bo‘ladi, kutilmaganda o‘z-o‘zidan san’at asari yaralib qoladi. Ijodkor uni istasa ham qayta yaratolmaydi. Menda ham shunday asar bor. To‘rt unsur uyg‘unlashganday tandirdan ranglari oqib chiqib qolgan.

    Hozir qancha harakat qilsak ham shunaqasini yaratolmayapmiz. O‘sha asarimni 3 ming dollarga sotib olmoqchi bo‘lishgan. Ammo men rozi bo‘lmaganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘nglimni xotirjam qilgan asar

    Nazdimda, Alloh o‘zining go‘zalligini ko‘rsatish uchun ijodkorlarga izn berib qo‘ygan. Biz elchimiz xolos. Qobiliyatni ham, ilhomni ham O‘zi beradi.

    Shu kungacha ko‘p kulolchilik asarlarini yaratdim. Lekin menga eng yoqqani — Qur’oni Karimda zikr etilgan payg‘ambarlar shajarasini chizganim bo‘ldi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitobidan o‘qib, tegishli insonlardan ruxsat olib, shu asarni yaratdim.

    Bilasizmi, qalbimda bir dog‘ bor edi. Lekin shu asarni yaratganimdan keyin o‘sha dog‘ ketdi, ko‘nglim xotirjam bo‘ldim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Prezidentlar uchun tayyorlangan asarlar haqida

    2016-yilda asarlarim Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga kelgan prezidentlarga sovg‘a sifatida berilgani unutilmas voqea bo‘lgan.

    Adashmasam, mart oyi edi. Viloyat hokimligidan odamlar kelib, Islom Karimov ShHT sammitidan keyin mehmonlarga kulolchilik asarlarini bermoqchiligini va sovg‘ani tayyorlash uchun meni tanlab olishganini aytdi.

    Asarlarni yaratish uchun menga barcha sharoitlarni yaratib berishlarini, faqat bu ishni qilayotganimni hech kimga, hatto oila a’zolarimga ham aytmasligimni tayinlashdi.

    Keyinroq bilsam, bunday sovg‘a berish Islom Karimovning g‘oyalari bo‘lgan ekan. Shuning uchun qattiq sir saqlangan.

    Xullas, laganlar uchun buyuk shaxslarning iqtiboslarini olib kelishdi. Masalan, Tojikiston prezidentiga Sa’diyning, Putinga Lev Tolstoyning so‘zlari yozilishi, ya’ni har bir prezidentga alohida ish qilinishi kerak edi. Aprelda 13 xil dizayndagi ishlarni tayyorlab, Toshkentga jo‘natdik.

    9-may kuni ular harakatni boshlashimni aytib, 12 ta tasdiqlangan asarning rasmlarini berib ketdi. Ishni boshladik. Bir oy davomida umumiy hisobda ignada chizilgan 60 ta laganni tayyorlab jo‘natdik.

    Ochig‘ini aytsam, 18-iyun kuni laganlarni olib ketishganidan so‘ng to‘rt kun uxlamaganman. Yasaganlarim Islom Karimovga yoqadimi? Kengashda bitta Prezident emas, akademiya rahbari, yana bir qancha “kattakon”lar ko‘rib chiqadi. Birortasi yo‘q, desa nima bo‘ladi, deb xavotir olib, o‘zimga kelolmaganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xudoga shukr, hammasi yaxshi o‘tgan ekan

    ShHTdagi konsertdan so‘ng Birinchi Prezidentimiz respublika nomidan barcha davlat rahbarlariga laganlarni sovg‘a tariqasida topshirgan. Aytishlaricha, har bir prezidentga berganida ular shunchaki olib qo‘yib qo‘ymagan. Ayrimlari “ux” deb yuborgan, ba’zilari nimada chizilgan, deb so‘ragan ekan.

    Islom Karimov ignada deganlarida Xitoy prezidenti Si Szinpin “Bizda ham kulolchilik rivojlangan, lekin bunaqasi bizda ham yo‘q”, deb aytgan ekan. Bu bizning san’atimizga berilgan katta baho edi.

    28-iyun kuni xuddi o‘sha yigitlar va imom xatib o‘rinbosari kelib, mashinadan kulib tushishdi. Xursand bo‘lib, quchoqlashib ko‘rishishdi. Bir yigit so‘riga o‘tirib, “Tohir aka, bilasizmi, sizning yutug‘ingiz nimada? Yutug‘ingiz O‘zbekistonda tug‘ilganingiz, O‘zbekistonning yutug‘i siz shu yerda tug‘ilganingiz”, deb aytgan edi. Bu men uchun hayotimdagi eng katta e’tirof bo‘lgan.

    Bilasizmi, shu voqeadan keyin vatanga kerakligimni his qildim. O‘zimga nisbatan ishonchim ortdi. Shijoatim ko‘tarildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bir muncha vaqt o‘tib, mukofot sifatida katta oq sumkada pul tashlab ketishdi. O‘sha paytda u pulga bitta mashina berardi. Lekin men u pulga muzeyim uchun hojatxona qurganman.

    2016-yil 2-sentabrda uy-muzeyim ochilishi kerak edi. Ammo o‘sha kuni Prezidentimizni so‘nggi yo‘lga kuzatishga olib ketishdi. Men borgan joyda sanoqli odam bor edi.

    Eng hayron qolganim — o‘sha yerda birorta san’atkor xalqini ko‘rmadim. U yerga kelganlarning hammasi qora mehnati bilan O‘zbekistonga xizmat qilganlar edi. San’atkorlar oradan 3-4 kun o‘tganidan keyin kelgan.

    Foto: Tohirjon Haydarov arxividan

    Foto: Tohirjon Haydarov arxividan

    O‘zim ochgan joyga ishga olishmadi

    Deputatlik paytimda tashabbusim bilan Farg‘ona davlat universitetida san’atshunoslik fakulteti ochildi. Ammo u yerga o‘zimni ishga olishmadi. Dars berishim uchun magistraturani bitirgan bo‘lishim kerak ekan. Ochig‘i, men uchun ortiqcha ish, kerak ham emas. Mayli, deb indamay qo‘yaverdim.

    Ijodkor xalqining boyini ko‘rganmisiz?

    Kulolchilikda chinnichilar boy bo‘ladi. Ular ijod qilmaydi, tayyorini sotib oladi. Rossiya, Yevropaga eksport qiladi. Shundan millionlab pul topadi. Ammo kulollar...

    O‘zi bu azaldan qolgan qadriyat. Biror ijodkor tirikligida boy bo‘lganini ko‘rganmisiz? Aksariyati ro‘shnolik ko‘rmay o‘tib ketgan. Misol uchun, Muhammad Yusuf. Hayotligida qancha qiyinchilik ko‘rgan. Da Vinchi-chi? Qancha bosimlar ichida yashagan. Hozir esa bitta asarining o‘zi million dollarga sotiladi. Hayot shunaqa.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Men ham chinnichilik qilib, ko‘p pul topsam bo‘lardi, lekin xohlamadim

    Bitta non emas, yarimta non yedim, bir kilo emas, yarim kilo go‘sht yedim. Alloh topganlarimga baraka berdi, oilamdan orttirib, respublikada birinchi bo‘lib xususiy muzeyimni ochdim. Kutubxona tashkil qildim. Bu kitoblarni sotib olish uchun qancha pul ketgan.

    Muzeyimni garovga qo‘ysam, imtiyozli foizlarda 2,5 milliard so‘m kredit berishlari mumkin ekan, ammo kerak emas.

    Uyim-joyim, mashinam bor. Uchta qiz chiqardim, o‘g‘limni uyladim. Nevaralarimga to‘y qildim. Hammasini shu tuproqdan yaratib, halol mehnatim bilan erishdim. Hozirgi hayotimdan mamnunman.

    Agar qo‘limga kattaroq pul tushsa, faqat muzeyimni, kutubxonamni kengaytiraman. Maqsadim — san’atimni davom ettirish.

    Foto: Tohirjon Haydarov arxividan

    Foto: Tohirjon Haydarov arxividan

    Tan olishimiz kerak, biz san’atni tushunmaymiz

    95 foiz ishlarimiz chet elga ketadi. To‘g‘ri, mahalliy xaridorlar ham sotib oladi, lekin kam. Tan olishimiz kerak, biz san’atni tushunmaymiz. Odamlarda qachon san’atga mehr oshadi, qachonki qorni to‘q bo‘lsa...

    Qorin g‘ami ketganidan keyin estetik zavq olishni boshlaymiz. Qorin to‘ygandan keyingina “bitta ashula ayt, eshitaylik” deyishadi-ku.

    Hayot ham zinalardan iborat. Xorijliklar o‘sha zinaning yuqorisiga chiqib bo‘lgan. Biz u darajaga chiqqunimizcha hali 50 yil bor.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    “Musulmonligimdan mamnun emasman. Mamnun bo‘lib qolishlikdan ham qo‘rqaman”. Imom Rustamjon domla hikoyasi

    “Dadam salonda stilistlik qilayotganimni bilmaydi”. Stilist yigit hikoyasi

    Erkakning “yurib ketishi”ga ayolning o‘zi sababchi bo‘ladi — Pardozchi qiz hikoyasi

    Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi

    “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi

    “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi

    “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi

    “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    22.12.2020, 22:24   Izoh (0)   46752
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.