• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Musulmonligimdan mamnun emasman. Mamnun bo‘lib qolishlikdan ham qo‘rqaman”. Imom Rustamjon domla hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni – 20 yildan buyon masjidda imomlik qilib kelayotgan kishi

    Rustamjon Hamidov 40 yoshda. Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Uch farzandning otasi. 20 yildan buyon Baliqchi tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” masjidida imomlik qilib kelmoqda.

    Bolaligim g‘amgin o‘tgan

    Katta buvimning qo‘llarida katta bo‘lganman. Yoshligimdan otam bo‘lishini, boshqalarning otasi kabi menga biror hadyalar olib kelsa-yu, yugurib borib qo‘llaridan olsam, deb orzu qilar edim. Balki, qo‘shni bolalarda shu holni ko‘rganim uchundir, bilmadim. Doim shunday xayol qilardim. Xullas, shunday qiyinchiliklar bilan ulg‘aydim.

    Katta buvimiz juda dindor ayol edilar. Alloh rahmat qilsin, diniy ta’lim olishimda u kishining xizmatlari katta bo‘lgan. Yoshligimizdan kitob o‘qitardi.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Payg‘ambarimizning “Kim dunyoni xohlasa, tijorat qilsin, kim oxiratni xohlasa, zuhd-u taqvo bilan ibodat qilsin, kim ikkovini ham xohlasa, ilm olsin!”, degan hadislariga amal qilib, Andijonda madrasada o‘qidim, Alloh salomat qilsin, juda yaxshi olimlardan ta’lim olish nasib etdi. Madrasani bitirgandan keyin o‘zimizning qishloqdagi masjidda imom bo‘lib ishlay boshladim.

    Inson xohlasa, istagan kasb egasi bo‘la oladi

    Asli kasbim – duradgorlik. Yoshlik paytlarimda ustozlarning odamlarga uy qurib bersa, katta savob bo‘ladi, “Qiyomat qoyim bo‘lganda sartaroshlar, odamlarga uy qurib beradigan ustalardan nur chiqib turadi”, degan gaplarini eshitib, aynan duradgorlikni o‘rganganman. Hozir uy solaman, tom yopaman. Ishimga qo‘shimcha temir payvandlash va hozirgi tilda aytganda, santexniklik ishlarini ham qilib turaman.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Asosiy faoliyatim – imomlikka kelsak, bir ustozimiz “Imomlar payg‘ambar alayhisalomning merosxo‘rlari bo‘ladi”, degan edilar. Bu gapni eshitganimdan so‘ng qalbimda bir muhabbat uyg‘ongan. Shu xizmatni qilsam, odamlarga dinni o‘rgatsam deb o‘qib-o‘rgandim. Alhamdulillah, kattalarimiz shunday ulug‘ vazifaga meni loyiq topishdi. Mana, 20 yildan buyon qishlog‘imizdagi “Oqqo‘rg‘on” masjidida imomlik qilib kelyapman.

    Imomlik kasbmi yoki martaba?

    Imomlik – kasb emas. Bu juda mas’uliyatli vazifa. Imomlikka insonlar avvalo ilmiga, odamlar bilan bo‘lgan munosabatiga, dinga  xizmat qilishiga va uni qay darajada himoya qila olishiga qarab tayinlanadi. Yuqorida aytganimdek, o‘sha nomzod “payg‘ambarga merosxo‘ri” bo‘lishga loyiq bo‘la oladimi, bu nomni oyoqosti qilib qo‘ymaydimi deb yaxshilab e’tibor beriladi. Chunki ko‘p hollarda ko‘ramiz, “qoring, imoming bunaqami”, deb ba’zi bir imomlarni noqis joylarini ushlab olib, dindan nafratlanishadi. Keyinroq shunday xatolarga keyin yo‘l qo‘ymaydimi, degan mulohazalar bilan saralanib, muftiy tomonidan tayinlanadi.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Imomlikning masjiddagi vazifalari

    Masjidda imomning vazifalari unchalik qiyin emas. Jamoat bilan namoz o‘qiydi. Odamlarga dindan ta’lim beradi. Namozga kelganlarga halol va haromdan, bolalarga ota-onaning haqqi, otalarga esa ayoli va bolalarning haqqi xususida ma’ruzalar qiladi.

    Odamlar imomlarni juda hurmat qilishadi, ishonishadi. Kelib o‘zlarini qiynayotgan muammolarini aytadilar, bizdan umidvor bo‘ladilar. Bilasizmi, meni eng qiynaydigani aksar hollarda biz ularga yordam berolmaymiz, hojatini chiqarolmaymiz. Bizdan umid qilib kelgan insonlarga uzr aytib, o‘zimning sharoitimni tushuntiramiz. Uni sabrga chaqirishlik bilan kifoyalanamiz. Ochig‘i, bundan judayam charchadim...

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Bir umrga dars bo‘lgan voqea

    Bir kuni masjidda o‘tirganimda oldimga bir ayol keldi. Aytishicha, ayolning uch farzandi bor, eri esa vafot etgan, belida og‘ir kasalligi borligi uchun ishlolmayotgan ekan. Ayol do‘kondan qarzga ovqat olib yegan. Oradan bir oy o‘tgan, ikki oy o‘tgan. Qarzini to‘lolmayotgani uchun dastlab pasportini, keyin bolalarining tug‘ilganlik guvohnomasigacha bergan.

    Oxiri umuman najot qolmay masjidga kelganini, hatto uch kundan beri bolalari ovqat yemayotganini aytib, yordam so‘radi. Men odatdagiday sharoitimizni aytib, sabr qilishlikni tushuntira boshladim. Menimcha, u buni kutmagan chog‘i ko‘zida yosh bilan: “Domla buva, bilasizmi, men nima uchun bu yerga keldim. Boshqa boradigan joyim qolmadi. Qarindoshim yo‘q, qo‘ni-qo‘shnilarim mendan zerikdi. Do‘konchilar meni tanib qolgan, nasiyaga narsa bermayapti. Men bolalarim o‘lib qoladi, deb oldingizga keldim. Agar siz yordam bermasangiz, menga kim ko‘mak beradi? Siz bu yerda nima qilib o‘tiribsiz?” deb masjiddan chiqib ketdi.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Ayolning gapi qalbimga shu darajada qattiq ta’sir qildiki, xonamda ancha payt o‘tirib qoldim. Keyin tashqariga chiqib, qorovuldan haligi ayolning manzilini so‘rab-surishtirdim. Uyini topib bordik. Bir-ikki odamga aytib, ayolning qarzini to‘ladik.

    Bu voqea menga bir umrga dars bo‘ldi. O‘sha kundan boshlab faoliyatimni o‘zgartirdim. Imom nafaqat ma’naviy, balki moddiy tomondan ham odamlarga yordam berolsin. Bir fond tashkil qilaylik. Xossatan, o‘sha beva ayolga o‘xshagan muhtojlar kelib qolsa, ularga yordam beraylik, hojatini chiqaraylik deb niyat qildim.

    Alhamdulillah, hozir shu fond ishlayapti. O‘sha ayoldan so‘ng birorta ayol masjidimizdan xafa bo‘lib ketmadi.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Bugungi kunda yetim va boquvchisini yo‘qotgan bolalar bilan bog‘liq xayriya aksiyasini uyushtiramiz. Bilasizmi, 3-4 soatlab mahallalarda yurib, ularni qidiramiz. Muhtoj oilalarni topib, sharoitini o‘rganamiz. Bolalarni otaliqqa taklif qilamiz, yetim bolaga kafil bo‘ling, deymiz. Kafillar darrov topiladi, hattoki ehson uchun navbatda turgan saxovatpesha odamlarimiz bor. Xayriya mablag‘lari bilan uylar qurib beramiz. Kiyim-kechagidan, oziq-ovqatidan xabardor bo‘lamiz.

    Hozir 350 tadan oshiq bolamiz bor, oziq-ovqat bilan yuz foiz ta’minlangan. Alhamdulillah, hamma bolaning otasi bor.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Hayotimdan mamnun emasman...

    Alloh taolo menga ko‘p ne’matlar berdi. Iymon berdi. Iymonimda halovat topdim. Alloh menga o‘zini tanitdi. Madrasada o‘qidim. Bir soliha jufti halol nasib etdi, farzand ne’mati bilan siyladi. Hozir bir qizim, ikkita o‘g‘lim bor, hammalari diniy tarbiya olib katta bo‘lyapti. Qizimiz ham ahli Qur’on bo‘ldi, o‘g‘illarimiz dinni, Qur’onni yaxshi ko‘radi. Mo‘minligim uchun Allohga ko‘p shukrlar qilaman. Ko‘proq ilmimga amal qilsam deyman. Farzandlarim, ota-onam, yaqinlarim, atrofimdagi barcha shogirdlarim — hamma-hammasi jannatga tushsa deyman. Biroq... men o‘zimning hayotimdan, musulmonligimdan mamnun emasman. Mamnun bo‘lib qolishlikdan ham qo‘rqaman.

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Foto: Facebook / Rustamjon domla

    Kelgusidagi rejalarim

    Har qanday din ilmiga qiziqqan odam o‘zidan qoniqmaydi. O‘zini noqis deb o‘ylaydi. Men ham yana ilm olmoqchiman. Bir necha kun bo‘ldi, Toshkent islom institutining “Oliy ma’had” kursiga o‘qishga kirdim. Inshaalloh, Toshkentda o‘qishni boshlayman. Alloh menga foydali ilm bersa, deb umid qilaman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    Erkakning “yurib ketishi”ga ayolning o‘zi sababchi bo‘ladi — Pardozchi qiz hikoyasi

    Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi

    “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi

    “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi

    “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi

    “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    23.10.2020, 20:33   Izoh (0)   176795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.