Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yapon tematika bog‘i va choy plantatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda Rishton tumani hokimi Sufxonjon Soliyevning aholiga qilgan murojaatnomasida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, Rishton tumani Yaponiya bilan ta’lim, turizm va qishloq xo‘jaligi sohasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, tumanda Rishton—Yaponiya madaniy-iqtisodiy aloqalar markazi tashkil etilgan. Markazda yapon tilini o‘qitish maktabi ham faoliyat ko‘rsatadi. Maktabni tamomlagan yuzdan ziyod yoshlar Yaponiyaning turli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olib, mutaxassislikka ega bo‘lgan va ko‘pchiligi bugungi kunda ham o‘qishni davom ettirmoqda.

Yaponiyaning Kioto prefekturasidagi Maydzuru shahri va Rishton tumani o‘rtasida birodarlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolangan. Ushbu hamkorlik doirasida Rishtonda eksportbop choy plantatsiyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Plantatsiyada yapon choylari mahalliylashtiriladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ayni paytda yapon mutaxassislari qishloq xo‘jaligi olimlari va agronomlar bilan hududning ob-havosi, suvi va tuprog‘ini tahlil qilmoqda. Shuningdek, Rishtonda Yaponiya mutaxassislari tajribalari asosida yapon tematika bog‘i tashkil etiladi. Mazkur bog‘ uchun 3,5 gektar yer ajratilgan. Kelgusida bu yerda issiqxona ham tashkil qilinib, yapon tajriba bog‘i uchun 100 ming dollar miqdorida investitsiya jalb etiladi. Loyiha qiymatini 1 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

“Barcha daraxt ko‘chatlari aynan Yaponiyadan keltirilgani bois bog‘ga kirgan har qanday odam go‘yo kunchiqar mamlakatda yurgandek tasavvurga ega bo‘ladi”, — deydi tuman hokimi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak