Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Parijdagi Luvr muzeyi auksion orqali Leonardo da Vinchining “Mona Liza” kartinasini himoya shishasisiz tomosha qilish imkoniyatini sotdi. 80 ming yevro evaziga savdolar g‘olibi kartinani har yili tekshiruvdan o‘tkazadigan mutaxassislar qatoriga qo‘shilishi mumkin, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Ta’kidlanishicha, noodatiy auksion moliyaviy inqiroz sabab amalga oshirilgan, chunki koronavirus pandemiyasi dunyogi eng ko‘p tashrif buyuruvchiga ega muzeyga ham ta’sir ko‘rsatgan.

“Mona Liza” bilan “uchrashuv”dan tashqari auksion orqali direktor muzeyi bilan ekskursiya va bo‘m-bo‘sh Luvrni kechasi aylanish imkoniyati ham sotilgan. Lotlarning har biri 38 ming yevrodan sotilgani aytilmoqda.

Savdolar “Bid for the Louvre” shiori ostida Druo va Kristis auksion uylari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Olingan foydaning barchasi xayriya va muzeyning pedagogik loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

Karantin sabab muzey, taxminan, 90 million yevrodan ayrilgan. Har yili unga 10 millionga yaqin odam tashrif buyurib keladi.

Avvalroq fransiyalik biznesmen mamlakatni inqirozdan qutqarishning oddiy yo‘lini topgani, buning uchun “Mona Liza”ni sotish kerakligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov