Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 13-turida “Manchester Siti” 15-dekabr, seshanba kuni “Vest Bromvich”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 30-daqiqasida Ilkay Gundo‘g‘an “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada Ruben Diash o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va Pep Gvardiola jamoasi yana ochko yo‘qotdi.

“Manchester Siti” 20 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda. “Vest Bromvich” (7) esa 19-o‘rindan joy olgan.

“Manchester Siti” keyingi turda “Sauthempton”ga qarshi bahs olib boradi.

APL

13-tur bahsi

15-dekabr, seshanba

“Manchester Siti” — “Vest Bromvich” 1:1

Gollar: 1:0 – 30 Gundo‘g‘an, 1:1 – 43, avtogol Ruben Diash.

“Manchester Siti”: Ederson, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Mendi (Uoker, 75), Rodri, Foden (Aguero, 76), Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jezus.

“Vest Bromvich”: Jonston, OShi, Ajayi, Ferlong, Gibbs, Fillips (Pelter, 87), Livermor (Krovinovich, 80), Soyers, Diangana, Gallaher, Grant (Ostin, 70).

Ogohlantirishlar: Gallaxer (40), Joau Kanselu (45), Pelter (90), Gibbs (90), Ake (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)