Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2020-yil 12-dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida shaxsi noma’lum, yoshi taxminan 35–40 lardagi, osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 22 yoshli qiz va uning 79 yoshli buvisi pichoqlab ketilgani, Andijonda 9 yoshli qizaloq o‘ldirib ketilgani hamda farg‘onalik yigit internet orqali tanishgan qizi unga turmushga chiqmasligini aytgani uchun qizning uyiga borib, 2 oylik chaqaloqni o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)