12-dekabr kuni soat 14:53 larda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan 6-sonli lot maydonida yong‘in kelib chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in qurilish ishlari olib borilayotgan binoning yerto‘lasida saqlangan qurilish materillaridan kelib chiqqan.
Oradan 2 daqiqa o‘tgach hodisa joyiga Toshkent FVBning o‘t o‘chiruvchilari yetib kelgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in 15 daqiqa ichida to‘liq bartaraf etilgan. Umumiy hisobda 60 metr kvadratga yaqin joy yonib ketgan. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan, halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
“Vaziyat yuzasidan to‘liq axborot qo‘shimcha berildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabr oyi boshlarida ham Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in yuz bergandi.
Izoh (0)